«Paxtakor-79» jamoasi xotirlandi

11-avgust 2026 16:08 eʼlon qilindi

Muhammad Hodiyev

Muhammad Hodiyev

Muxbir
Foto: klub matbuot xizmati

Toshkentdagi «Paxtakor» stadioni oldidagi yodgorlik va Botkin qabristonida 1979-yilda hayotdan ko‘z yumgan «Paxtakor» jamoasi vakillarini xotirlash tadbirlari o‘tkazildi.

Unda futbol jamoatchiligi, mutaxassislar, faxriylar, klub rahbariyati va asosiy tarkib vakillari, muxlislar hamda yosh futbolchilar ishtirok etdi. Tadbirlar davomida «Paxtakor-79» jamoasi vakillarining xotirasi yodga olindi.

«Paxtakor-79» fojiasi

1979-yil 11-avgust kuni «Paxtakor» futbol jamoasi Minsk yaqinida samolyot halokatiga uchragandi. «Paxtakor» futbolchilari Tashkentdan Minskka uchayotgan edi. Jamoa a’zolari bo‘lgan samolyot boshqa yo‘lovchi samolyoti bilan havoda to‘qnashib ketgan.

Halokat oqibatida «Paxtakor»ning asosiy tarkibidagi 17 nafar futbolchi, murabbiylar va klub vakillari bilan birga jami 178 kishi halok bo‘lgan.

Fojia o‘zbek futboli tarixidagi eng katta yo‘qotishlardan biri sifatida tarixda qoldi.

Shundan buyon har yili 11-avgust kuni «Paxtakor-79» qurbonlari Toshkentda xotirlanadi. Jamoa xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik «Paxtakor» stadioni hududida joylashgan. Marhum futbolchilarning ayrimlari dafn etilgan Botkin qabristonida ham xotirlash marosimlari o‘tkazib kelinadi.

Avvalroq Toshkentdagi «Jar» stadionida Toshkent klubining deyarli butun tarkibi halok bo‘lgan 1979- yilgi aviahalokat qurbonlariga bag‘ishlangan «Paxtakor-79» xotirasiga bag‘ishlangan o‘yin bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek