Poco X8 Power 5G to‘liq quvvat bilan 3,5 kun ishlaydi

28-avgust 2026 16:33 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Poco X8 Power 5G to‘liq quvvat bilan 3,5 kun ishlaydi
Foto: Poco

Xiaomi Poco X8 Power 5G smartfonini ilk bor rasman namoyish qildi va uning taqdimot sanasini e’lon qildi. Poco India nashriga ko‘ra, qurilma 4-sentabr kuni Hindistonda taqdim etiladi va 10 000 mA/soat sig‘imli katta batareya bilan jihozlanadi.

Xiaomi ma’lumotiga ko‘ra, Poco X8 Power 5G bir marta quvvatlanganda 3,5 kungacha ishlashi mumkin. Kompaniya batareyaning xizmat muddati olti yil bo‘lishini ham ta’kidlamoqda.

Ekrani 3500 nitgacha yorqin bo‘lishi kutilmoqda

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Poco X8 Power 5G 6,83 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlanadi. Ekranning maksimal yorqinligi 3500 nitgacha yetishi, himoya uchun esa Gorilla Glass Victus 2 oynasidan foydalanilishi kutilmoqda.

Qurilma korpusi IP69K himoya darajasiga ega bo‘lishi mumkin. Bu chang va suvga nisbatan yuqori darajadagi himoyani anglatadi.

Asosiy kamera 50 MP bo‘lishi mumkin

Smartfonning asosiy kamerasida 50 MP va 8 MP sensorlardan foydalanilishi aytilmoqda. Old kamera esa 32 MP bo‘lishi kutilmoqda.

Rasmiy tizerda qurilma yorqin sariq rangda va kvadrat shakldagi kamera blokiga ega ko‘rinishda namoyish etilgan.

Olti yil xavfsizlik yangilanishlari beriladi

Xiaomi Poco X8 Power 5G uchun uzoq muddatli dasturiy ta’minot qo‘llab-quvvatlashini ham va’da qilmoqda.

Smartfon to‘rtta yirik Android yangilanishi va olti yil davomida xavfsizlik yangilanishlarini oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi ishlatilgan smartfonlar uchun kafolat qoidalarini o‘zgartirgani haqida xabar berilgandi. Kompaniya xarid qilingan paytda yangi bo‘lmagan, ikkilamchi bozordan sotib olingan yoki avval qayta tiklangan qurilmalarni ishlatilgan mahsulotlar toifasiga kiritadi.

Shu sababli smartfonda kafolat muddati hali tugamagan bo‘lsa ham, u boshqa odamga qayta sotilganidan keyin bepul kafolat xizmatidan foydalanish mumkin bo‘lmasligi mumkin.

Shuningdek