
Apple’ning yangi iPhone Ultra modeli AQShda taxminan $2 mingdan sotuvga chiqishi mumkin. Vodafone operatorlari ma’lumotlarida qurilmaning narxi va xotira variantlari paydo bo‘lgan, biroq Apple bu ma’lumotlarni hozircha rasman tasdiqlamagan. Bu haqda Mydrivers xabar berdi.
Avstraliyadagi ma’lumotlarga ko‘ra, 256 GB xotirali iPhone Ultra 3 699 Avstraliya dollari, 512 GB versiya 4 199 dollar, 1 TB xotirali model esa 4 699 Avstraliya dollari turishi mumkin.
Mahalliy 10 foizlik soliq va hududiy narx siyosati hisobga olinsa, AQSh bozorida qurilmaning boshlang‘ich narxi taxminan $2 ming bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Avvalgi prognozlardan arzonroq bo‘lishi mumkin
Bungacha ayrim tahlilchilar iPhone Ultra narxi $2,5 – 3 minggacha yetishi mumkinligini taxmin qilgan edi.
Yangi sizib chiqqan ma’lumotlar tasdiqlansa, qurilma kutilganidan arzonroq bo‘lishi mumkin.
Manbada iPhone Ultra narxi Samsung Galaxy Z Fold Ultra darajasiga yaqin bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple iPhone 18 liniyasini hali rasman taqdim etmagani, biroq Rossiyada iPhone 18 Pro Max uchun erta bron qilish boshlangani haqida xabar berilgandi. Bron qilish 4 – 8-sentabr kunlari restore sayti va ilovasi orqali amalga oshiriladi. Aksiya doirasida kafolatlangan narxda atigi 100 dona smartfon ajratilgan. Kompaniya qurilmalarni jahon savdosi boshlanganidan keyin, sentabrning uchinchi o‘n kunligida yetkazib berishni rejalashtirmoqda.