
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning 2026/27-yilgi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi uchun qaydnomasidan joy oldi. 22 yoshli futbolchi klubning A ro‘yxatiga kiritilgan. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.
«Manchester Siti» turnir uchun jami 23 futbolchini A ro‘yxatga kiritdi. Ular orasida Abduqodir Husanov ham bor.
Klub qaydnomasiga Donnarumma, Rulli, Bettinelli, Shabo, Lyuis, Husanov, Reys, Diash, Gehi, Gvardiol, Ayt-Nuri, Nunes, Kovachich, Anderson, Buaddi, Fernandes, Sherki, Foden, Doku, Allan, Ndiaye, Semenyo va Holand kiritilgan.
Niko O’Rayli va Rayan Makadu esa B ro‘yxatidan joy olgan.
«Manchester Siti» ilk o‘yinini «Portu»ga qarshi o‘tkazadi
«Manchester Siti» Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi ilk uchrashuvini 8-sentabr kuni safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazadi.
Husanovning qaydnomaga kiritilishi unga ushbu turnirda maydonga tushish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shomurodov va Fayzullayev «Galatasaray»ga qarshi o‘yindan keyin qanday baholangani haqida ma’lumot berilgandi. Turkiya Superligasining to‘rtinchi turida «Istanbul Bashakshehir» «Galatasaray»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushdi. Flashscore portali uchrashuvdan so‘ng futbolchilarning o‘yinini baholadi.