
Apple 9-sentabr kuni «Surprise and Shine» taqdimotini o‘tkazadi. Jonli translyatsiya Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi, uni YouTube, Apple rasmiy sayti va Apple TV ilovasi orqali tomosha qilish mumkin.
Tadbirda iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max taqdim etilishi kutilmoqda. Shuningdek, Apple’ning ilk buklanuvchi smartfoni ham namoyish etilishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, ular A20 Pro chipi, yaxshilangan kameralar, kattaroq avtonom ishlash va kichraytirilgan Dynamic Island bilan jihozlanadi.
Kameralarda o‘zgaruvchan diafragma tizimi, shuningdek, Apple’ning C2 modemidan foydalanilishi mumkin.
Buklanuvchi iPhone ham namoyish etilishi mumkin
Tadbirning asosiy kutilayotgan yangiliklaridan biri Apple’ning ilk buklanuvchi smartfoni bo‘lishi mumkin. Hozircha qurilma iPhone Ultra, iPhone Fold yoki iPhone Duo nomlari bilan tilga olinmoqda.
U kitob yoki pasport shaklida ochilib, ichkarida katta ekran hosil qilishi kutilmoqda. Narxi $2 mingdan yuqori bo‘lishi mumkin.
Boshqa qurilmalar ham kutilmoqda
Apple Watch Series 12, Apple Watch Ultra 4 va yangi AirPods modellari ham taqdim etilishi mumkin.
Bundan tashqari, Siri va Apple Intelligence bo‘yicha yirik yangilanishlar haqida ham ma’lumot berilishi kutilmoqda.
Shuningdek, o‘qing: iPhone Duo qanday narxda chiqadi
Oddiy iPhone 18 esa, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, sentabrda chiqmasligi mumkin. Uning taqdimoti boshqa nisbatan arzon modellar bilan birga 2027-yil bahoriga qoldirilishi ehtimoli bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone Ultra narxi ochiqlangandi. Vodafone operatorlari ma’lumotlarida qurilmaning narxi va xotira variantlari paydo bo‘lgan. Avstraliyadagi ma’lumotlarga ko‘ra, 256 GB xotirali iPhone Ultra 3 699 Avstraliya dollari, 512 GB versiya 4 199 dollar, 1 TB xotirali model esa 4 699 Avstraliya dollari turishi mumkin.