iPhone Duo qanday narxda chiqadi

9-sentabr 2026 14:42 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
iPhone Duo qanday narxda chiqadi
Foto: smartprix

Apple’ning ilk buklanuvchi smartfoni iPhone Duo deb nomlanishi va uning eng qimmat versiyasi $3 ming turishi mumkin. Bu haqda Bloomberg nashri jurnalisti Mark Gurman ma’lum qildi.

Uning ma’lumotiga ko‘ra, yangi model Apple’ning eng qimmat smartfonlaridan biriga aylanadi.

iPhone Duo 2 TB xotira bilan chiqishi mumkin

Mark Gurmanning yozishicha, iPhone Duo’ning boshlang‘ich narxi taxminan $2 mingni tashkil etadi.

Shuningdek, o‘qing: Bugun yangi iPhone’lar taqdim etiladi: Apple’dan o‘zgacha model kutilmoqda

Smartfonning eng yuqori konfiguratsiyasi 2 TB ichki xotiraga ega bo‘ladi va uning narxi $3 minggacha yetishi mumkin. Hozircha Apple qurilmaning nomi, xususiyatlari va narxlarini rasman tasdiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone Ultra narxi ochiqlangandi. Vodafone operatorlari ma’lumotlarida qurilmaning narxi va xotira variantlari paydo bo‘lgan. Avstraliyadagi ma’lumotlarga ko‘ra, 256 GB xotirali iPhone Ultra 3 699 Avstraliya dollari, 512 GB versiya 4 199 dollar, 1 TB xotirali model esa 4 699 Avstraliya dollari turishi mumkin.

Mahalliy 10 foizlik soliq va hududiy narx siyosati hisobga olinsa, AQSh bozorida qurilmaning boshlang‘ich narxi taxminan $2 ming bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Shuningdek