Samarqanddagi shaxmat Olimpiadasida Pokiston Isroilga qarshi o‘ynashdan bosh tortdi

19-sentabr 2026 10:50 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: The Nation

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha 46-Jahon Olimpiadasining birinchi turida Pokiston terma jamoasi Isroil bilan o‘ynashdan bosh tortdi. Bu haqda World Chess portali xabar berdi.

Boykot sababi

Pokiston Shaxmat Federatsiyasi ushbu qaror hukumat siyosatiga muvofiq va Falastin xalqi bilan birdamlik belgisi sifatida qabul qilinganini ma’lum qildi. Natijada, Isroil jamoasi o‘yinsiz 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Shunga qaramay, Pokiston turnirdagi ishtirokini davom ettirmoqda.

Avvalroq Kursiv nashri Shaxmat afsonasi Vishvanatan Anand Samarqandga yetib kelgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek