O‘zbekiston milliy jamoasiga muxlislik qilaman — Bibisara Assaubayevaning onasi

21-sentabr 2026 17:01 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Foto: Nur.kz

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Assaubayevaning onasi ayollar bahsida Qozog‘iston terma jamoasini, erkaklar o‘rtasidagi musobaqada esa O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlayotganini aytdi. U bu haqida Instagram sahifasida ma’lum qildi.

U O‘zbekistonda o‘tayotgan Shaxmat olimpiadasi haqida gapirar ekan, ikki terma jamoaga nisbatan turlicha muxlislik qilayotganini ta’kidladi.

Ayollar bahsida Qozog‘istonni qo‘llab-quvvatlaydi

Assaubayevaning onasi ayollar terma jamoasi haqida shunday dedi:

«Albatta, Qozog‘iston ayollar terma jamoasiga muxlislik qilaman. Qizlar barcha kuchini ishga solib, sizlarning yurtingizda oltin medalni qo‘lga kiritishi kerak».

Erkaklar bahsida esa O‘zbekistonga muxlis

Shuningdek, o‘qing: Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston 5-turdan so‘ng peshqadamlikni qo‘lga oldi

Erkaklar musobaqasida esa u O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

«Erkaklar terma jamoasi bo‘yicha esa, albatta, O‘zbekiston milliy jamoasiga muxlislik qilaman. Chunki yigitlar juda yosh, juda ambitsiyali va nihoyatda iste’dodli».

U O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining yosh tarkibi va salohiyatini alohida ta’kidladi. Ayollar terma jamoasi haqidagi fikriga izohda qizi Bibisara Assaubayevani, erkaklar bahsida esa u Javohir Sindarovni belgiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sindarov Olimpiadadagi ilk durangiga izoh bergan edi.

Shuningdek