O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabiga ikki yangi mutaxassis qo‘shildi

21-sentabr 2026 19:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabiga ikki yangi mutaxassis qo‘shildi
Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabi yana ikki mutaxassis bilan to‘ldirildi. Jamoaga italiyalik fizioterapevt Silvano Kotti hamda sport nutritsiologi Andrea Iuliano qo‘shildi.

Silvano Kotti futbolchilar tiklanishi bilan shug‘ullanadi

Silvano Kotti ko‘p yillik xalqaro tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi.

U faoliyati davomida Italiya milliy terma jamoasi, «Inter», «Milan», «Chelsi», «Roma» klublari hamda Xitoy milliy terma jamoasida fizioterapevt sifatida ishlagan.

Kotti O‘zbekiston terma jamoasida futbolchilarning jismoniy holati va tiklanish jarayonlariga mas’ul bo‘ladi.

Andrea Iuliano sport ovqatlanishi bo‘yicha ishlaydi

Andrea Iuliano biolog-nutritsiolog va sport nutriyasi bo‘yicha mutaxassis. U avval «Udineze» klubida hamda Shveysariya U-21 terma jamoasi bilan faoliyat olib borgan.

Iuliano O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining sport ovqatlanishi va tayyorgarlik jarayonidagi nutritsiologik masalalar bilan shug‘ullanadi.

Avvalroq O‘zbekiston – Eron o‘yinini rossiyalik hakamlar boshqarishi ma’lum qilingan edi.

Shuningdek