
Samsung kelasi yil taqdim etilishi kutilayotgan Samsung Galaxy S27 Ultra smartfonida o‘zining Exynos 2700 protsessoridan foydalanishi mumkin.
Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan va Galaxy S27 seriyasining taqdimotigacha rejalar o‘zgarishi mumkin.
Exynos 2700 ayrim bozorlarda qo‘llanishi mumkin
Samsung ilgari Galaxy S seriyasining ayrim modellarida Exynos va Snapdragon protsessorlaridan bozorga qarab foydalanib kelgan. Biroq Ultra modellarida so‘nggi yillarda, asosan, Qualcomm Snapdragon chiplariga ustuvorlik berilgan.
Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S27 Ultra’ning Janubiy Koreya uchun mo‘ljallangan versiyasi Exynos 2 700 bilan chiqarilishi mumkin. Shimoliy Amerika kabi ayrim bozorlarda esa Snapdragon versiyasi saqlanib qolishi ehtimoli bor.
Samsung xarajatlarni kamaytirishni ko‘zlamoqda
Exynos 2 700’dan foydalanish Samsung uchun bir vaqtning o‘zida ikki vazifani hal qilishi mumkin.
Birinchidan, kompaniya global smartfon protsessorlari bozorida Exynos ulushini oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Ikkinchidan, o‘z protsessoridan foydalanish Galaxy S27 Ultra ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi mumkin.
Bu, ayniqsa, xotira komponentlari narxi oshib borayotgan bir paytda muhim bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Qualcomm’ning yangi avlod flagman protsessorlari narxini oshirishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan.
Avvalroq «Kursiv» Samsung Galaxy A35 One UI 9.0’ning ikkinchi beta yangilanishini olgani haqida yozgan edi.