Abduqodir Husanov jamoasi qaysi futbolchini sotmoqchi

23-sentabr 2026 18:05 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Abduqodir Husanov jamoasi qaysi futbolchini sotmoqchi
Foto: depositphotos.com/operations@newsimages.co.uk

Abduqodir Husanov to‘p suradigan «Manchester Siti» himoyachisi Rayan Ait-Nuri qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkin, deb yozdi Bianconera News nashriga tayanib Vesti.kz.

Turin klubi 25 yoshli jazoirlik futbolchini to‘liq transfer qilish yoki mavsum oxirigacha ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

«Yuventus» yozda ham Ait-Nurini olishga uringan

Manbaga ko‘ra, «Yuventus» yozgi transfer oynasida ham «Manchester Siti» bilan Ait-Nuri bo‘yicha muzokara olib borgan. Biroq o‘sha paytda tomonlar kelishuvga erisha olmagan.

Ait-Nuri 2025-yil yozida «Vulverhempton»dan «Manchester Siti»ga 36,8 mln yevro evaziga o‘tgan.

O‘tgan mavsumda himoyachi Angliya Premyer-ligasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita golli uzatma amalga oshirgan.

Yangi mavsumda APLda hali o‘ynamadi

Joriy mavsum boshidan Ait-Nuri «Manchester Siti» safida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. U APLda hali maydonga tushmagan.

Angliya Liga kubogida himoyachi 90 daqiqa, Chempionlar ligasida esa 15 daqiqa o‘ynagan.

Ait-Nurining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyunigacha mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati €40 mln atrofida baholanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri «Manchester Siti» eng yaxshi futbolchi uchun nomzodlarni e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek