Hasanboy Do‘smatov yo‘q: WBA reytingi yangilandi

8-oktabr 2026 20:36 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Hasanboy Do‘smatov yo‘q: WBA reytingi yangilandi
Foto: Olympic.uz

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning sentabr oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda sakkiz nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin oldi.

Eng katta o‘zgarish Hasanboy Do‘smatov bilan bog‘liq bo‘ldi. Ikki karra Olimpiada chempioni minimal vazn toifasi reytingidan chiqarildi. O‘tgan oy u ushbu vaznda 6-o‘rinni egallab turgan edi.

Ikki bokschi 1-o‘rinni saqlab qoldi

Muhammad Shexov birinchi yarim yengil vazn toifasida 1-o‘rinda qoldi. Ushbu vazn chempioni – Naoya Inoue. Bektemir Meliqo‘ziyev esa super o‘rta vazn toifasida 1-o‘rinni saqlab qoldi. Bu divizionda chempionlik Jeymi Mungiyaga tegishli.

Ahmadaliyev uchinchi o‘rinda

Murodjon Ahmadaliyev birinchi yarim yengil vazn toifasida 3-o‘rinda qoldi. Otabek Xolmatov esa yarim yengil vaznda bir pog‘ona pastlab, 9-o‘ringa tushdi. O‘tgan oy u 8-o‘rinda edi.

Qolgan o‘zbekistonliklar o‘rni

  • Sirochbek Ismoilov yengil vaznda 13-o‘rinni saqlab qoldi.
  • Ruslan Abdullayev birinchi yarim o‘rta vaznda 13-o‘rinda qoldi.
  • Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vazn toifasida 8-o‘rinni egallab turibdi.
  • Isroil Madrimov super yarim o‘rta vaznda 7-o‘rinda qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Abdumalik Xalokov Osiyo o‘yinlarida ikkinchi bor chempion bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek