iQOO Neo 12 qanday imkoniyatlar bilan chiqadi

9-oktabr 2026 10:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
iQOO Neo 12 qanday imkoniyatlar bilan chiqadi
Foto: iQOO

iQOO Neo 12 smartfoni oktabr oyidayoq Xitoy bozorida taqdim etilishi mumkin. Qurilma yuqori yangilanish chastotasiga ega ekran, faol sovitish tizimi va o‘yinlar uchun alohida chip bilan jihozlanishi kutilmoqda.

Hozircha kompaniya smartfonning rasmiy taqdimot sanasi va to‘liq texnik xususiyatlarini e’lon qilmagan.

185 Hz ekran o‘rnatilishi mumkin

Ma’lumotlarga ko‘ra, iQOO Neo 12 6,83 dyuymli Visionox displeyiga ega bo‘ladi. Panel 2K+ aniqlik va 185 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Avvalroq kompaniya smartfon uchun alohida ekran boshqaruv chipini ham sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Batareya 9000 mA/soatdan katta bo‘lishi mumkin

Qurilmaga sig‘imi 9000 mA/soatdan yuqori bo‘lgan batareya o‘rnatilishi kutilmoqda.

Shuningdek, smartfon 100 vattli tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

O‘yinlar uchun alohida Q3 chipi

Insayderlik ma’lumotlariga ko‘ra, iQOO Neo 12 Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipida ishlaydi.

Unga iQOO’ning Q3 o‘yin chipi ham qo‘shilishi mumkin. Ushbu yechim asosiy grafik protsessor yukini kamaytirish, kadrlar chastotasini barqaror ushlab turish va energiya sarfini boshqarishga xizmat qiladi.

Q3 chipi ilk bor iQOO 15 modelida qo‘llangan.

Faol sovitish tizimi ham kutilmoqda

Smartfonga ichki ventilyator o‘rnatilishi ham aytilmoqda. U uzoq davom etadigan o‘yin jarayonida qurilmadan issiqlikni samaraliroq chiqarishga yordam berishi kerak.

Biroq ushbu xususiyatlarning barchasi hozircha sizib chiqqan ma’lumotlarga asoslangan va iQOO tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Avvalroq Vivo’ning yangi smartfoni Geekbench’da sinalgani haqida yozgan edi.

Shuningdek