Abduqodir Husanov puliga arziydimi, O‘zbekistonda benzin — 13-oktabr yangiliklari

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti

Abduqodir Husanov puliga arziydimi, O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish 4,6 foizga oshdi — 13-oktabr yangiliklari Kursiv Uzbekitan dayjestida.

Ronaldu o‘zbek klubini yutganidan so‘ng fikr bildirdi

Ronaldu o‘zbek klubini yutganidan so‘ng fikr bildirdi
Foto: Instagram/ Ronaldu

«Al-Nassr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Osiyo Elit chempionlar ligasi 2-turida O‘zbekistonning «Neftchi» klubiga qarshi 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.

41 yoshli portugaliyalik futbolchi uchrashuvning 42-daqiqasida jamoasining g‘alaba golini urdi.

«Bugun kechqurun muhim g‘alaba. O‘sishda davom etamiz», – deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ar-Riyod aeroporti 17-oktabrgacha yopiq qoladi

Ar-Riyod aeroporti 17-oktabrgacha yopiq qoladi
Foto: depositphotos

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid xalqaro aeroporti husiylarning ketma-ket hujumlaridan keyin kamida 17-oktabrgacha yopiq qoladi. So‘nggi hujumlarda jami 14 kishi halok bo‘lib, 300 dan ortiq odamlar jarohatlangan.

Hujumlar Saudiya Arabistonidagi aeroportlar va boshqa infratuzilma obyektlariga qarshi amalga oshirilgan. Vaziyat fonida bir qator xalqaro aviakompaniyalar mamlakatga reyslarni vaqtincha to‘xtatdi.

Abduqodir Husanov puliga arziydimi — statistika yangilandi

Abduqodir Husanov puliga arziydimi — statistika yangilandi
Kollaj: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning 2026-yilgi klub va terma jamoadagi statistikasi e’lon qilindi. Himoyachi joriy yilda «Manchester Siti» safida Angliya Premer-ligasi va UEFA Chempionlar ligasida to‘rtta uchrashuvda qatnashgan.

APLda Husanov uchta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, jami 269 daqiqa o‘ynagan. Chempionlar ligasida esa bitta uchrashuvda 42 daqiqa harakat qilgan.

O‘zbekiston mudofaa vaziri o‘zgardi

O‘zbekiston mudofaa vaziri o‘zgardi
Chapda Botir Kudratxodjayev, o‘ngda Shuxrat Xalmuxamedov / Kollaj: Sapura Temirxanova / Kursiv Uzbekistan

Prezident farmoni bilan Botir Kudratxodjayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi. U bu lavozimda Shuxrat Xalmuxamedov o‘rnini egalladi.

Botir Kudratxodjayev mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanishidan avval uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.

Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankka jarima qo‘lladi

Markaziy bank masofaviy banklar uchun kiberxavfsizlikni kuchaytirdi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2026-yil sentabr oyida prudensial me’yorlar va qonunchilik talablariga rioya qilmagan sakkizta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi. Oy davomida qo‘mita sakkizta yig‘ilish o‘tkazib, jami 37 ta masalani ko‘rib chiqdi.

Sentabr oyidagi yig‘ilishlarda ro‘yxatga olish, ruxsat berish hamda kredit va to‘lov tashkilotlarining moliyaviy holati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida jami 21 ta masala ko‘rib chiqildi.

Banklarga omonat shartnomalaridagi cheklovlarni olib tashlash topshirildi

Banklarga omonat shartnomalaridagi cheklovlarni olib tashlash topshirildi
Foto: depositphotos

Markaziy bank ayrim tijorat banklarining omonat shartnomalarida mijozlarning o‘z mablag‘larini qaytarib olish huquqini cheklashi mumkin bo‘lgan bandlarni aniqladi. Banklarga amaldagi shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish va qonunchilikka zid shartlarni zudlik bilan bartaraf etish talabi qo‘yildi.

O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish 4,6 foizga oshdi

O‘zbekistonda AI-95 benzini Markaziy Osiyodagi eng qimmat narxda sotilmoqda
Foto: Autonews.ru

2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 811,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 4,6% ko‘p.

Sakkiz oy davomida mamlakatda 834,3 ming tonna dizel yonilg‘isi ishlab chiqarilgan. Shuningdek, neft qazib olish hajmi 425 ming tonnani, gaz kondensati esa 648,3 ming tonnani tashkil etdi.

Robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston jamoasining 14 vakili mukofotlandi

Robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston jamoasining 14 vakili mukofotlandi
Foto: depositphotos

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasining Inchxon shahrida o‘tkazilgan «FIRST Global Challenge» xalqaro robototexnika musobaqasida jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari va murabbiylarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Jami 14 kishi medal bilan mukofotlandi.

Farmonda qayd etilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi Inchxonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada dunyoning 190 ga yaqin mamlakatidan kelgan yoshlar orasida rekord natija qayd etib, jahon chempioni bo‘lgan.

Samarqandda og‘ir kasalliklarga chalingan bolalar uchun xospis qurilmoqda

Foto: Getty Images

Samarqand viloyatida og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan bolalar uchun mobil palliativ xizmat ish boshladi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududda bunday yordamga muhtoj 300 nafardan ortiq bolalar aniqlangani haqida xabar berdi. Yana ayni paytda Samarqandda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalar xospisi qurilmoqda.

Bolalar o‘rtasida semizlik 4 barobar oshdi — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti

Foto: depositphotos.com

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 35 yil ichida 5 – 19 yoshli bolalar va o‘smirlar orasida semizlik darajasi 2 foizdan 8 foizgacha oshgan. 2024-yilda dunyo bo‘yicha 170 mln nafar bola va o‘smir semizlik muammosiga duch kelgan. Shundan 70 mln nafari 5 – 9 yoshli bolalar, 100 mln nafari esa 10 – 19 yoshli o‘smirlardir.

JSST semizlikni yurak-qon tomir kasalliklari va 2-tur qandli diabet xavfini oshiruvchi surunkali kasallik sifatida baholaydi. Shuningdek, ortiqcha vazn bolalarning ruhiy salomatligiga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Avstraliyada boshidan tuyoq o‘sib chiqqan buzoq tug‘ildi

Foto: Pittsworth and District Vet Services

Avstraliyaning Kvinslend shtatida boshi qismidan ikkita qo‘shimcha oyoq o‘sib chiqqan buzoq tug‘ildi. O‘ziga xos jihat bilan dunyoga kelgan Spider laqabli buzoqni egalari uxlatib qo‘yib, o‘ldirishni o‘ylagan, biroq veterinarlar uni operatsiya qilishga ko‘ndirgan. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Samarqandda Cobalt va elektroskuter to‘qnashdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Foto: Samarqand YHXB

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida Cobalt va elektroskuter ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda elektroskuterdagi ikki yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda Samarqand viloyati YHXB ma’lum qildi.

Dollar «uchmoqda»: 14-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

14-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
foto; depositphotos

14-oktabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 14,26 so‘mga oshib, 11 913,35 so‘mni tashkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank o‘z saytida e’lon qildi.

Yevro kursida tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 37,94 so‘mga oshib, 13 298,42 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham oshdi. Rubl kursi 1,35 so‘mga oshib, 141,53 so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek