Dollar «uchmoqda»: 14-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
13-oktabr kuni dollar 1,19 so‘mga oshib, 11 899,09 so‘m bo‘lgandi
14-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
foto; depositphotos

14-oktabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 14,26 so‘mga oshib, 11 913,35 so‘mni tashkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

7-oktabr kuni 12,34 so‘mga oshib, 11 790,79 so‘mni tashkil etdi. 8-oktabr kuni 18,40 so‘mga oshib, 11 809,19 so‘mga, 9-oktabr kuni 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘mga, 10-oktabr kuni esa 51,33 so‘mga oshib, 11 897,90 so‘mga tenglashdi. 13-oktabr kuni dollar 1,19 so‘mga oshib, 11 899,09 so‘m bo‘ldi.

Shuningdek, o‘qing: Dollar valyutasining kelajagi qanday — ekspert sharhi

Yevro kursida oshish kuzatildi. Yevropa valyutasi 30,24 so‘mga oshib, 13 328,66 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham oshdi. Rubl kursi 0,86 so‘mga oshib, 142,39 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» 13-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek