
Samsung Galaxy S25 Ultra modelining 1 TB xotirali versiyasi Woot platformasida $949–997 narxda sotuvga qo‘yildi. Qurilmalar yangi, biroq qutisi ochilgan holatda va operatorga bog‘lanmagan tarzda taklif etilmoqda.
Aksiya yana yetti kun davom etadi yoki mavjud zaxira tugaguncha amal qiladi. Har bir xaridor ko‘pi bilan ikkita smartfon xarid qilishi mumkin.
Narx Galaxy S26 Ultra’dan ancha past

Taqqoslash uchun, Galaxy S26 Ultra’ning 1 TB versiyasi odatda $1999 turadi.
Samsung rasmiy do‘konidagi $200 chegirmadan keyin ham yangi model uchun Galaxy S25 Ultra’ning hozirgi aksiya narxiga nisbatan qariyb $800 ko‘proq to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Shu sababli Woot’dagi taklif Galaxy S25 Ultra’ni Galaxy S26 Ultra’dan taxminan ikki baravar arzonlashtirmoqda.
Asosiy funksiyalarning katta qismi saqlangan

Galaxy S25 Ultra yangi avloddagi ayrim premium imkoniyatlarga, jumladan Privacy Display funksiyasiga ega emas.
Biroq qolgan jihatlarda model Galaxy S26 Ultra’ga yaqin. Galaxy S25 seriyasi One UI 9.0 yangilanishini olgan va Ultra versiyasida Galaxy AI funksiyalari ham mavjud.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S27 seriyasi qanday narxda chiqishi haqida yozgan edi.