Robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston jamoasining 14 vakili mukofotlandi

eʼlon qilindi
Bosh murabbiy «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlandi
Robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston jamoasining 14 vakili mukofotlandi
Foto: depositphotos

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasining Inchxon shahrida o‘tkazilgan «FIRST Global Challenge» xalqaro robototexnika musobaqasida jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari va murabbiylarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Jami 14 kishi medal bilan mukofotlandi.

Farmonda qayd etilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi Inchxonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada dunyoning 190 ga yaqin mamlakatlaridan kelgan yoshlar orasida rekord natija qayd etib, jahon chempioni bo‘lgan.

Jamoa vakillari zamonaviy muhandislik, robototexnika va texnologiyalar sohasidagi bilim va mahorati uchun davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

Bosh murabbiy «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlandi

Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ziyodulla Bo‘taxonov «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan mukofotlandi.

Terma jamoaning yana 13 vakili, jumladan sardor, texnik murabbiy, jamoa a’zolari va menejerlari «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.

Kimlar mukofotlandi

F.I.Sh.Terma jamoadagi vazifasiMukofot
Ziyodulla Bo‘taxonovBosh murabbiy«Sodiq xizmatlari uchun» medali
Ibroxim SalomovJamoa sardori«Kelajak bunyodkori» medali
Abdullox AbdujabborovTexnik murabbiy«Kelajak bunyodkori» medali
Shoxruxbek AkbarovJamoa a’zosi«Kelajak bunyodkori» medali
Akbarshox KosimovJamoa a’zosi«Kelajak bunyodkori» medali
Ayubxon MiraxmedovJamoa a’zosi«Kelajak bunyodkori» medali
Umarbek PardayevJamoa a’zosi«Kelajak bunyodkori» medali
Shukrullo SodiqovJamoa a’zosi«Kelajak bunyodkori» medali
Maxkambek TeshabayevJamoa a’zosi«Kelajak bunyodkori» medali
Safina TeshabayevaJamoa menejeri«Kelajak bunyodkori» medali
Jasurbek Tojiqo‘ziyevJamoa a’zosi«Kelajak bunyodkori» medali
Baxodir UrmanovJamoa a’zosi«Kelajak bunyodkori» medali
Xondamir UrmanovJamoa a’zosi«Kelajak bunyodkori» medali
Hasanxon Yusupxo‘jayevJamoa menejeri«Kelajak bunyodkori» medali

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Baliqchi tumanida yoshlar uchun Sun’iy intellekt markazi ish boshlagani ma’lum qilingandi. Loyiha qiymati 15 mlrd so‘mni tashkil etib, uning doirasida 100 ta ish o‘rni yaratilgan.

Markaz «Akademiya IT Star» korxonasi tomonidan tashkil qilingan. Bu yerda yoshlar marketing, dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida ta’lim oladi.

Shuningdek