Robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston jamoasining 14 vakili mukofotlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasining Inchxon shahrida o‘tkazilgan «FIRST Global Challenge» xalqaro robototexnika musobaqasida jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari va murabbiylarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Jami 14 kishi medal bilan mukofotlandi.
Farmonda qayd etilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi Inchxonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada dunyoning 190 ga yaqin mamlakatlaridan kelgan yoshlar orasida rekord natija qayd etib, jahon chempioni bo‘lgan.
Jamoa vakillari zamonaviy muhandislik, robototexnika va texnologiyalar sohasidagi bilim va mahorati uchun davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
Bosh murabbiy «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlandi
Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ziyodulla Bo‘taxonov «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan mukofotlandi.
Terma jamoaning yana 13 vakili, jumladan sardor, texnik murabbiy, jamoa a’zolari va menejerlari «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.
Kimlar mukofotlandi
| F.I.Sh. | Terma jamoadagi vazifasi | Mukofot |
|---|---|---|
| Ziyodulla Bo‘taxonov | Bosh murabbiy | «Sodiq xizmatlari uchun» medali |
| Ibroxim Salomov | Jamoa sardori | «Kelajak bunyodkori» medali |
| Abdullox Abdujabborov | Texnik murabbiy | «Kelajak bunyodkori» medali |
| Shoxruxbek Akbarov | Jamoa a’zosi | «Kelajak bunyodkori» medali |
| Akbarshox Kosimov | Jamoa a’zosi | «Kelajak bunyodkori» medali |
| Ayubxon Miraxmedov | Jamoa a’zosi | «Kelajak bunyodkori» medali |
| Umarbek Pardayev | Jamoa a’zosi | «Kelajak bunyodkori» medali |
| Shukrullo Sodiqov | Jamoa a’zosi | «Kelajak bunyodkori» medali |
| Maxkambek Teshabayev | Jamoa a’zosi | «Kelajak bunyodkori» medali |
| Safina Teshabayeva | Jamoa menejeri | «Kelajak bunyodkori» medali |
| Jasurbek Tojiqo‘ziyev | Jamoa a’zosi | «Kelajak bunyodkori» medali |
| Baxodir Urmanov | Jamoa a’zosi | «Kelajak bunyodkori» medali |
| Xondamir Urmanov | Jamoa a’zosi | «Kelajak bunyodkori» medali |
| Hasanxon Yusupxo‘jayev | Jamoa menejeri | «Kelajak bunyodkori» medali |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Baliqchi tumanida yoshlar uchun Sun’iy intellekt markazi ish boshlagani ma’lum qilingandi. Loyiha qiymati 15 mlrd so‘mni tashkil etib, uning doirasida 100 ta ish o‘rni yaratilgan.
Markaz «Akademiya IT Star» korxonasi tomonidan tashkil qilingan. Bu yerda yoshlar marketing, dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida ta’lim oladi.