Rossiyada ba’zi xorijliklar uchun rus tili imtihonini bekor qilish taklif etilmoqda

eʼlon qilindi
Taklif Rossiyadagi ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hududlari rezidenti maqomiga ega ish beruvchilarda ishlash uchun ruxsatnoma olgan xorijiy fuqarolarga taalluqli
Rus tili imtihoni
Foto: HED

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ayrim xorijiy fuqarolarni rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon topshirish talabidan ozod qilishni taklif etdi. Hozircha tashabbus qonun loyihasi bosqichida.

Imtiyoz kimlarga tegishli bo‘lishi mumkin

Taklif Rossiyadagi ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hududlari rezidenti maqomiga ega ish beruvchilarda ishlash uchun ruxsatnoma olgan xorijiy fuqarolarga taalluqli.

Bunday maxsus hududlar Rossiyaning Uzoq Sharq va Arktika mintaqalarida ham mavjud.

Agar loyiha qabul qilinsa, ushbu hududlarda ishlaydigan ayrim xorijliklardan rus tili, Rossiya tarixi va mamlakat qonunchiligi asoslari bo‘yicha imtihon topshirish talab qilinmasligi mumkin.

Hozircha umumiy tartib o‘zgarmagan

O‘zbekiston Migratsiya agentligi hozircha imtihon topshirish talabi barcha xorijiy ishchilar uchun bekor qilinmaganini alohida ta’kidladi.

Ya’ni tashabbus faqat ma’lum toifadagi xorijiy fuqarolarga tegishli bo‘lib, hujjat kuchga kirishi uchun tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, qabul qilinishi kerak.

Agentlik tashabbus bo‘yicha qonunchilikdagi o‘zgarishlarni kuzatib borishini va rasmiy qaror qabul qilinsa, qo‘shimcha ma’lumot berishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma loyihalarni jadallashtirishi haqida xabar berilgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdoni kengaytirish, sanoat, energetika, metallurgiya va tinch atom sohalaridagi qo‘shma loyihalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek