Farg‘onada 2,5 trln so‘mlik noqonuniy kriptoaylanma aniqlandi

eʼlon qilindi
Avval ham sudlangan shaxs bir nechta kriptobirja orqali 2,5 trln so‘mlik noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasini amalga oshirgan
Foto: depositphotos.com

Farg‘ona viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 2,5 trillion so‘mlik noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasi bilan bog‘liq holat fosh etildi. Bu haqda IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda

Avval firibgarlik va pora berish uchun sudlangan shaxs bir nechta kriptobirja orqali 2,5 trln so‘mlik noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasini amalga oshirgan. Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 278⁸-moddasi (kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Gumonlanuvchi treyding bilan shug‘ullanib kelgan

Tekshiruv jarayonida gumonlanuvchi 2023-yildan beri treyding faoliyati bilan shug‘ullanishini aytgan. U brokerlik hisob raqamlarini to‘ldirishda kriptohamyonlar yoki kriptovalyutalardan foydalangan. IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti fuqarolarni kriptoaktivlar bilan bog‘liq faoliyatda qonunchilik talablariga rioya qilishga chaqirdi.

Avvalroq «Kursiv» treyding sohasining mohiyati, ishlash tamoyillari va eng koʻp uchraydigan xatolarni bir joyga jamlagan edi.

Shuningdek