Volga K40 va K50 krossoverlari yangilanadi

14-oktabr 2026 08:03 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Volga K40 va K50 krossoverlari yangilanadi
Foto: Volga

Rossiyaning Volga avtomobil brendi Volga K40 va K50 krossoverlarini yangilashga tayyorlanmoqda. Modellarda, avvalo, salon va boshqaruv elementlariga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.

K50 modeli uchun yangi old panel tayyorlangan bo‘lib, unda ekranlar va jismoniy tugmalar joylashuvi qayta ko‘rib chiqiladi.

K50 uchta ekran bilan xayrlashadi

Hozirgi Volga K50 salonidagi uchta displeydan ikkitasi saqlanib qoladi. Yangilangan versiyada raqamli asboblar paneli va bitta yirik markaziy sensorli ekran bo‘ladi.

Old yo‘lovchi qarshisidagi alohida displey olib tashlanadi.

Shuningdek, iqlim tizimini boshqarish sensorli interfeysdan oddiy jismoniy tugmalarga ko‘chiriladi. Smartfonni simsiz quvvatlash bloki ham boshqa joyga o‘tkaziladi.

Model Geely Monjaro bazasida yaratilgan

Volga K50 Xitoyning Geely Monjaro krossoveri bazasida ishlab chiqilgan.

Biroq Rossiya bozori uchun mo‘ljallangan model o‘ziga xos salon dizayniga ega bo‘ladi. Yangi old panel va markaziy tunnel asosiy Geely modelida qo‘llanilgan yechimlardan farq qiladi.

Volga K40 ham yangilanadi

Volga K40 modeli uchun ham yangilanish tayyorlanmoqda. Ushbu krossover Geely Atlas bazasida yaratilgan.

Volga matbuot xizmati model yaqin orada yangilanish olishini tasdiqlagan, biroq hozircha qanday o‘zgarishlar kiritilishi haqida batafsil ma’lumot bermagan.

K40 va K50’ning yangilangan versiyalarini taqdim etish sanasi ham hozircha e’lon qilinmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors ijtimoiy tarmoqlar va internet sahifalarida Chevrolet Cobalt avtomobillari boshlang‘ich to‘lovsiz bo‘lib to‘lash sharti asosida sotuvga chiqarilgani haqidagi xabarlarni rad etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek