
Yevropa klublar kubogining uchinchi turida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov SuperChess Romania safida g‘alaba qozondi. Nodirbek Yakubbayev esa o‘z partiyasida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, uning jamoasi ham turda g‘alaba qayd etdi.
Abdusattorov Chonkani mag‘lub etdi
Nodirbek Abdusattorov vengriyalik Balaj Chonkaga qarshi partiyada g‘alaba qozondi.
U to‘p surayotgan SuperChess Romania jamoasi Cheddleton klubini 5:1 hisobida yengdi.
Yakubbayevning jamoasi ham g‘alaba qozondi
Shuningdek, o‘qing: Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovga yordam beradi
Nodirbek Yakubbayev Novy Bor Chess Club safida ispaniyalik Alvar Alonso Rosellga qarshi bahs olib bordi va imkoniyatni boy berdi.
Shunga qaramay, Novy Bor Chess Club umumiy hisobda C.A. Silla jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdusattorov yangi Total Chess reytingida uchinchi o‘rinni egallagani haqida xabar berilgandi. Yangi reytingda Nodirbek Abdusattorov 2 774 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Reytingda birinchi o‘rin 2 830 ochko bilan Magnus Karlsenga, ikkinchi pog‘ona esa 2 779 ochko bilan Hikaru Nakamuraga nasib etdi.