Endi liftlarda quriliş materiallarini taşiş taqiqlanadi

eʼlon qilindi
2027-yildan liftlarni röyxatdan ötkaziş va ularga texnik xizmat körsatişning yangi tartibi amal qiladi
Foto: depositphotos.com

2027-yil 1-yanvardan Özbekistonda liftlarni röyxatdan ötkaziş, ularga texnik xizmat körsatiş va foydalanishning yangi tartibi kuchga kiradi. Jumladan, quriliş materiallarini yölovçi liftlarida taşiş taqiqlanadi. Yangi tartib Hukumatning 2026-yil 22-oktabrdagi 588-son qarori bilan tasdiqlandi.

Liftlar «Xavfsiz lift» platformasida röyxatdan ötadi

Liftlarni röyxatdan ötkaziş, texnik xizmat körsatiş böyiça şartnoma tuziş va uni bekor qiliş, şuningdek, xizmat natijalarini saqlaş «Xavfsiz lift» yagona idoralararo elektron platformasi orqali amalga oşiriladi.

Liftlar vakolatli organ tomonidan bepul röyxatga olinadi. Dastlabki texnik körikdan ijobiy xulosa olingaç, lift ikki iş kuni içida röyxatdan ötkaziladi va buyurtmaçiga QR-kodli ma’lumotnoma yuboriladi. Bino boşqaruvçisi liftga har oyda kamida bir marta texnik xizmat körsatilişini ta’minlaşi kerak.

Quriliş materiallarini yölovçi liftida taşiş taqiqlanadi

Yölovçi taşiydigan liftlarda ularning yuk kötariş quvvatidan qat’iy nazar, quriliş materiallari va quriliş çiqindilarini taşiş mumkin bölmaydi.

Shuningdek, lift gabaritiga mos kelmaydigan buyumlar, portlovçi, tez alangalanuvçi, radioaktiv hamda öta zaharli moddalarni taşiş ham taqiqlanadi.

Bundan taşqari, elektron platforma orqali sotib olinmagan va örnatilmagan lift hamda ehtiyot qismlardan foydalanişga ruxsat berilmaydi.

Liftlarga kamida uç yil kafolat beriladi

Har bir yangi lift muomalaga çiqarilgan kundan boshlab kamida uç yil kafolatga ega bölişi kerak. Kafolat davrida liftni ta’mirlaş yoki uning qismlarini almaştiriş 15 kundan oşmasligi belgilangan. Lift kabinasining körinarli joyida identifikatsiya raqami, röyxatdan ötgani haqidagi QR-kod, şuningdek, bino boşqaruvçisi va texnik xizmat körsatuvçi taşkilotning aloqa ma’lumotlari joylaştirilişi kerak.

Işlamayotgan lift uçun xizmat haqi olinmaydi

«Qizil» ma’lumot yorliği bilan belgilangan, foydalanishi taqiqlangan liftga texnik xizmat körsatilmaydi. Bunday davrda texnik xizmat körsatuvçi taşkilot bino boşqaruvçisidan oylik xizmat haqini talab qila olmaydi. Yangi qoidalar 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq ko‘p qavatli uylarda liftlardan foydalanish bo‘yicha yangi qoidalar belgilangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek