Özbekiston çip işlab çiqarişda Malayziya tajribasidan foydalanadi

Özbekiston yarimötkazgiçlar va mikroelektronika sohasini rivojlantirişda Malayziya tajribasidan foydalanmoqçi. Özbekiston delegatsiyasi Malayziyaga taşrif buyurib, çiplarni loyihalaş va işlab çiqariş, şuningdek, mahalliy mutaxassislarni tayyorlaş böyiça muzokaralar ötkazdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Delegatsiya Selangor ştatidagi IC Design Park 1 integral sxemalarni loyihalaş majmuasi faoliyati bilan tanişdi. Uçraşuvlarda Malayziyaning yetakçi kompaniyalari bilan Özbekistonda mikroelektronika muhandislarini tayyorlaş masalalari muhokama qilindi.
Selangor ştati hukumatining raqamli iqtisodiyot böyiça agentligi – SIDEC boş ijroçi direktori Yong Kay Ping Özbekistonga mikrosxemalarni loyihalaşga ixtisoslaştirilgan mahalliy kompaniyalarni taşkil etiş va mutaxassislar tayyorlaşni tavsiya qildi.
Malayziyaning ilğor yarimötkazgiçlar akademiyasi – ASEM esa özbekistonlik mutaxassislar uçun nazariy va amaliy bilimlarni qamrab oladigan maxsus trening kurslarini taşkil etişga tayyorligini bildirdi.
Çiplarni sinovdan ötkaziş laboratoriyalari örganildi
Delegatsiya Kuala-Lumpurdagi Technology Park Malaysia hududida joylaşgan MIMOS Berhad kompaniyasiga ham taşrif buyurdi.
U yerda kremniy plastinalari va yarimötkazgiçlar prototiplarini işlab çiqariş hamda sinovdan ötkaziş, mikroelektronika, çiplar va elektron platalardagi nuqsonlarni aniqlash laboratoriyalari faoliyati örganildi.
Kompaniya vitse-prezidenti Ramesh Kumar MIMOS Academy bazasida Özbekiston uçun muhandis va tadqiqotçilarni tayyorlaş hamda ularning malakasini oşiriş kurslarini yölga qöyişga tayyorligini ma’lum qildi.
Hamkorlik hujjatlari imzolandi
Selangor sun’iy intellekt va yarimötkazgiçlar sammiti doirasida bir neçta hamkorlik kelişuvlari imzolandi. Jumladan, ToshTech texnika universiteti Malayziyaning ASEM akademiyasi va GreatAsic Technology kompaniyasi bilan hamkorlik hujjatlarini imzoladi.
Şuningdek, Cyber University davlat universiteti Malayziyaning Asia e University va Asia Pacific University of Technology & Innovation oliygohlari bilan sun’iy intellekt sohasida kadrlar tayyorlaş hamda integral sxemalarni loyihalaş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşirişga kelişib oldi.
IC Design nima
IC Design – integral sxemalar yoki çiplarni loyihalaş jarayoni. Unda millionlab, ayrim hollarda milliardlab tranzistorlar bitta kiçik yarimötkazgiç çipiga joylaştiriladi va ularning birgalikda toğri işlaşi ta’minlanadi.
Bu mikroelektronika sanoatining eng muhim va yuqori texnologiyali yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Malayziyaning Perlis ştati şahzodasi Sayid Fayzuddin Putra ibn Tuanku Sayid Sirojiddin Jamalullayl boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurgani xabar qilingandi. Uçrashuv davomida Malayziyada tört mazhabga bağişlangan muzey tashkil etiş rejasi ham muhokama qilindi. Loyiha doirasida Özbekiston olimlari va mutaxassislarining tajribasidan ham foydalaniş ko‘zda tutilgan.