Qirğizistonda elektr energiyasi çeklovlari qaçon bekor qilinadi

Qirğizistonda aholi uçun elektr energiyasini iste’mol qiliş böyiça amaldagi çeklovlar yaqin 2-2,5 yil içida bekor qilinişi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov Töqtöğul tumani aholisi bilan uçraşuvda ma’lum qildi.
Hozir Qirğizistonda ayrim iste’molçilar uçun bir vaqtning özida foydalaniladigan elektr quvvati 5 kVt bilan çeklangan. Belgilangan çegaradan ötilganda elektr ta’minoti avtomatik ravişda uzilişi mumkin.
Aholi limitni oşirişni söradi
Uçraşuv iştirokçilaridan biri 5 kVtlik limitni butunlay bekor qiliş yoki kamida 8 – 10 kVtgaça oşirişni söradi. U toğli hududlarda, ayniqsa, isitiş mavsumida elektr energiyasiga bölgan ehtiyoj yuqori ekanini ta’kidladi.
Japarov bunga javoban mavjud çeklovlar mamlakatdagi elektr energiyasi taqçilligi bilan boğliqligini tuşuntirdi.
«Hozir biz iste’molning ösib borayotganini qoplaşga ulgurmayapmiz», – dedi Qirğiziston prezidenti.
Elektr energiyasiga talab tez ösmoqda
Japarovning sözlariga köra, mustaqillikdan keyin Qirğizistonda faqat bitta yirik GES – Qambarota GES-2 qurilgan. Biroq 2020-yildan buyon mamlakatda qariyb 50 ta kiçik GES foydalanişga topşirilgan.
Töqtöğul GES modernizatsiyasi natijasida uning quvvati 1 200 MVtdan 1 440 MVtgaça oşirilgan. Bu energetika tizimiga qöşimça 240 MVt quvvat berdi.
Şuningdek, quvvati 100 MVt bölgan Kulanak GES qurilişi davom etmoqda. Hukumatning avvalgi hujjatlarida loyihani 2026-yil oxirigaça yakunlaş rejalaştirilgani qayd etilgan, Japarov esa uçraşuvda uni 2027-yilda işga tuşiriş rejalaştirilayotganini aytgan.
«Yana 2-2,5 yil kerak»
Japarovning hisob-kitobiga köra, mamlakatdagi elektr quvvati taqçilligini sezilarli kamaytiriş uçun yana 2-2,5 yil talab qilinadi.
«Deyarli 2-2,5 yil kerak böladi. Kara-Keçeda investorlar bilan birga 1 200 MVt quvvatga ega IES qurmoqdamiz. Şundan keyin çeklovlar olib taşlanadi», – dedi u.
Prezident elektr energiyasiga talabning ortişini yangi maktablar, zavodlar, fabrikalar va boşqa korxonalar işga tuşirilayotgani bilan ham izohladi.
Uning fikriça, iqtisodiy faollik ösişi energiya iste’molini oşirgan va yangi işlab çiqariş quvvatlarini tezroq yaratişni talab qilmoqda.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Japarov kuniga atigi tört soat uxlaşi, qolgan 20 soatini esa işga sarflaşini aytgani haqida yozgan edi.