Anthropic IPO orqali $100 mlrdgaça jalb qilmoqçi

eʼlon qilindi
Anthropic AI xavflarini ham investorlar oldida oçiqladi
Anthropic IPO orqali $100 mlrdgaça jalb qilmoqçi
Foto: depositphotos

Claude sun’iy intellekt modeli işlab çiquvçisi Anthropic AQŞda birlamçi ommaviy joylaştiriş – IPO ötkaziş uçun hujjatlarni rasman topşirdi. Kompaniya Nasdaq birjasida ANT tickeri ostida savdoga çiqişni rejalaştirmoqda.

Reuters ma’lumotiga köra, Anthropic IPO orqali $100 mlrdgaça mablağ jalb qilişi mumkin. Investorlar kompaniyani hozir taxminan $1,5 trln atrofida baholamoqda, avvalroq esa baholaş $2 trlngaça yetişi mumkinligi aytilgan edi.

Agar joylaştiriş şu kölamda amalga oşsa, u tarixdagi eng yirik IPOlardan biriga aylanişi mumkin.

Aksiyalar soni va narxi hozirça noma’lum

Anthropic 26-oktabr kuni AQŞ Qimmatli qoğozlar va birjalar komissiyasiga S-1 şaklidagi röyxatdan ötiş hujjatini topşirdi.

Hujjatda kompaniya Nasdaq Global Select Market’da ANT belgisi ostida savdoga çiqişni rejalaştirayotgani körsatilgan. Biroq sotiladigan aksiyalar soni hamda ularning dastlabki narx diapazoni hozirça oçiqlanmagan.

Kompaniya IPO uçun maxfiy arizani iyun oyidayoq topşirgan edi. Oçiq prospekt e’lon qilinişi IPO jarayonidagi keyingi muhim bosqiç hisoblanadi.

Goldman Saçs va Morgan Stanley joylaştirişning asosiy anderrayterlari qatoriga kirgan.

Yarim yillik tuşum $16,3 mlrdga yetdi

IPO prospekti Anthropic’ning moliyaviy körsatkiçlarini ham oçib berdi. 2026-yilning birinçi yarmida kompaniya tuşumi qariyb $16,3 mlrdni taşkil etdi. Bu 2025-yilning şu davridagi $1,16 mlrdga nisbatan qariyb 14 baravar köp.

Faqat 2026-yilning ikkinçi çoragida Anthropic tuşumi ötgan yilning mos davriga nisbatan 1 368 foizga oşgan.

Kompaniyaning 2025-yildagi jami tuşumi esa $4,59 mlrd bölgan. 2024-yilda bu körsatkiç $386 mln, 2023-yilda esa atigi $41 mlnni taşkil qilgan.

$80,7 mlrd zarar nimadan kelib çiqdi

Şu bilan birga, Anthropic 2026-yilning birinçi yarmida $80,7 mlrd sof zarar qayd etdi. Biroq bu raqamning asosiy qismi kompaniyaning kundalik faoliyatidagi real pul yöqotişini anglatmaydi. Qariyb $72,4 mlrd zarar konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar va boşqa moliyaviy instrumentlarning qiymati oşişi bilan boğliq buxgalteriya qayta baholaşidan kelib çiqqan.

Anthropic’ning operatsion zarari esa birinçi yarim yillikda $693 mlnni taşkil etdi. Bir yil avval bu körsatkiç $2,14 mlrd edi.

Şu tariqa kompaniyaning ulkan sof zarari bilan real operatsion zararini bir xil körsatkiç sifatida talqin qiliş töğri emas.

Kompaniyada $112,4 mlrd naqd mablağ bor

30-iyun holatiga Anthropic ixtiyorida $112,4 mlrd naqd pul va uning ekvivalentlari bölgan. Bundan taşqari, kompaniyada yana $19,3 mlrdlik qisqa muddatli investitsiyalar mavjud edi.

Şunga qaramay, AI modellarini öqitiş va ularga xizmat körsatiş katta xarajatlarni talab qilmoqda. 2026-yilning birinçi yarmida Anthropic’ning hisoblaş quvvatlari va infratuzilma xarajatlari qariyb $8,95 mlrdga yetgan.

Reuters ma’lumotiga köra, kompaniya kelajakdagi hisoblaş infratuzilmasiga yuzlab milliard dollarlik majburiyatlarni olgan. Bu investorlar uçun asosiy xavf omillaridan biri sifatida körsatilmoqda.

Asosçilar nazoratni saqlab qoladi

Anthropic’ning boş direktori Dario Amodei, prezidenti Daniela Amodei va yana beş nafar hammuassis IPOdan keyin ham kompaniya ustidan sezilarli nazoratni saqlab qoladi.

S-1 hujjatiga köra, hammuassislar uçun möljallangan maxsus Class F aksiyalari jami ovoz beriş huquqining 50,1 foizini ta’minlaydi.

Anthropic özini oddiy tijorat korxonasi emas, balki Delaware qonunçiligidagi «public benefit corporation» – jamoat manfaatini ham közlaydigan kompaniya sifatida röyxatdan ötkazgan.

Anthropic AI xavflarini ham investorlar oldida oçiqladi

IPO prospektida Anthropic sun’iy intellektning xavflariga katta e’tibor qaratgan. Kompaniya ilğor AI tizimlari notöğri işlatilişi, xavfsizlik tahdidlarini kuçaytirişi yoki foydalanuvçilarni aldaş va manipulyatsiya qilişga öxşaş xatti-harakatlarni namoyon etişi mumkinligini investorlar uçun xavf omillari qatorida sanab ötgan.

Anthropic asosçilari investorlar uçun maktubida sun’iy intellektni «insoniyat tarixidagi eng muhim texnologiyalardan biri» deb atagan. Şu bilan birga, kompaniya rahbariyati xavfsizlik talab qilsa, raqobatçilardan ortda qoliş xavfiga qaramay, ayrim modellarning rivojlanişini sekinlaştirişga töğri kelişi mumkinligini bildirgan.

Anthropic’ga OpenAI’ning sobiq xodimlari asos solgan

Anthropic 2021-yilda OpenAI’ni tark etgan bir guruh tadqiqotçilar tomonidan taşkil etilgan.

Kompaniyaning asosiy mahsuloti Claude oilasiga mansub generativ AI modellari hisoblanadi. 2026-yil sentabr oxiriga kelib, Anthropic’ning yiliga kamida $1 mln tuşum keltirayotgan mijozlari soni 1,9 mingdan oşgan, şundan qariyb 250 tasi kompaniyaga yiliga kamida $10 mln tuşum keltirgan.

Reuters ma’lumotiga köra, Anthropic may oyida investorlardan $65 mlrd jalb qilgan va öşa raunddan keyin kompaniya $965 mlrdga baholangan edi.

Avvalroq «Kursiv» ChatGPT yordamida soxta ayiq suratini yaratgan ayol jarimaga tortilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek