Hafta davomida biroz yomğir yoğadi

Özbekistonda hafta davomida özgaruvçan ob-havo kuzatiladi. 28-oktabr kuni ayrim hududlarda biroz yomğir yoğişi kutilmoqda, 29 – 30-oktabr kunlari esa quruq va iliq ob-havo qaytadi. Bu haqda «Özgidromet» ma’lum qildi.
28 – 30-oktabr kunlari keçalari havo harorati 5–10 daraja, kunduz kunlari 17–22 daraja iliq bölişi kutilmoqda. Şimolda keçasi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqaça, kunduz kuni esa 12–17 daraja iliq oralig‘ida böladi.
Toğlarda qor yoğişi mumkin
28-oktabr kuni ayrim hududlarda yomğir yoğadi. Şimoliy va şarqiy hududlarda esa yoğingarçilik kutilmaydi.
28 – 30-oktabr kunlari respublikaning toğoldi va toğli hududlarida ba’zi joylarda yomğir yoğişi, baland toğlarda esa qor yoğişi mumkin.
Şamol, asosan, şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Şimol va çöl hududlarda ayrim joylarda şamol tezligi 13–18 m/s gaça kuçayib, çang-tözon kuzatilişi mumkin.
Toşkentda yoğingarçilik kutilmaydi
Toşkentda hafta davomida yoğingarçilik kutilmaydi.
Şamol şarqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduz kunlari 18–20 daraja, keçalari esa 8–10 daraja atrofida böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda isitiş mavsumi qaçon boşlanişi haqida xabar berilgandi. Toşkentda isitiş mavsumi örtaça sutkalik havo harorati ketma-ket beş kun davomida +8 darajadan past bölganidan keyin boşlanişi kerak.