Kinorejissyorlar Kelajak bunyodkori medali bilan mukofotlandi

eʼlon qilindi
Ular milliy kinematografiyani rivojlantirgan
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni ikki kinorejissyor – Magametibragimova Munisa Ibroxim qizi va Musakova Mariya Zulfixarovnani «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlaş töğrisidagi farmonlarni imzoladi. Ular milliy kinematografiyani rivojlantiriş, özbek filmlarini xalqaro miqyosda tarğib qiliş va yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaşga qöşgan hissasi uçun taqdirlandi.

Munisa Magametibragimova qanday filmlar yaratgan

Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi boş mutaxassisi, kinorejissyor Magametibragimova Munisa Ibroxim qizi «Tinçlik uçun rahmat» va «Skotç» qisqa metrajli filmlari, şuningdek, «Şimoliy azon» hujjatli filmi orqali kino san’atini rivojlantirişga hissa qöşib kelmoqda.

Farmonda uning ijodiy işlari xalqning badiiy-estetik va ma’naviy salohiyatini yuksaltiriş, milliy qadriyatlarni aks ettiradigan obrazlarni yaratiş hamda yoş avlodda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğularini kuçaytirişga xizmat qilayotgani qayd etilgan.

Mariya Musakova xalqaro kinofestivallarda sovrinlar olgan

«Fokus» kino va teatr maktabi asosçisi, kinorejissyor Musakova Mariya Zulfixarovna ham «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.

U «Ovozlar» hujjatli filmi bilan AQŞ, Germaniya va Pokistonda ötkazilgan xalqaro kinofestivallarda iştirok etib, sovrinli örinlarni qölga kiritgan.

Farmonda rejissyorning milliy kino san’atini xalqaro miqyosda tarğib qiliş, yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş va ularning iqtidorini röyobga çiqarişga qöşgan hissasi alohida ta’kidlangan.

Avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekfilm» kinostudiyasida Abu Ali ibn Sinoning bolaligiga bağişlangan «Husayn» tarixiy-badiiy filmi suratga olinayotgan maydon bilan tanişgandi.

Shuningdek