Kursiv Uzbekistan takomillaşgan özbek lotin alifbosiga ötdi

eʼlon qilindi
Barça lotin sahifalari yangilandi
Kursiv Uzbekistan yangi özbek lotin alifbosiga ötdi

Kursiv Uzbekistan naşrining lotin yozuvidagi barça sahifalarida takomillaşgan özbek lotin alifbosidan foydalaniş boşlandi. Endilikda sayt materiallarida O‘/o‘, G‘/g‘, Sh/sh va Ch/ch örniga Ö/ö, Ğ/ğ, Ş/ş va Ç/ç harflari qöllanmoqda.

Barça lotin sahifalari yangilandi

Yangi yozuv tizimi Kursiv Uzbekistan saytining lotin tilidagi xabarlar, maqolalar, ruknlar va boşqa materiallariga joriy qilindi.

Masalan, avvalgi «O‘zbekiston», «Toshkent», «chegirma» va «o‘zgardi» yozuvlari endilikda «Özbekiston», «Toşkent», «çegirma» va «özgardi» shaklida beriladi.

Maqsad — yozuvni ixçamlaş va birxillaştiriş

Takomillaşgan alifboda ayrim tovuşlar ikki belgili yoki apostrofli yozuv örniga bitta harf bilan ifodalanadi.

Şu tariqa naşr lotin yozuvidagi barça materiallarini yagona yangi imlo uslubida taqdim etmoqda.

Kursiv Uzbekistan’ning 21-oktabrdan e’lon qilinayotgan lotin yozuvidagi materiallarida takomillaşgan harflardan foydalanilmoqda.

Sayt interfeysi va maqola sarlavhalarida ham yangi alifbo qöllana boşladi.

Shuningdek