Qor va yomğir yöq: 27-oktabr kuni Özbekistonda qanday ob-havo böladi

27-oktabr kuni Özbekiston hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Respublikaning katta qismida havo özgaruvçan böladi, kunduzgi harorat 12–23 daraja iliq oraliğida kuzatiladi.
Toşkentda 21 darajagaça iliq böladi
Toşkent şahrida yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 6–8 daraja, kunduzi esa 19–21 daraja iliq böladi.
Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi harorat 3–8 daraja, kunduzi 17–22 daraja iliq bölişi prognoz qilinmoqda.
Ayrim hududlarda keçasi sovuq kuzatiladi
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida keçasi havo 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqaça böladi. Kunduzi harorat 12–17 daraja iliqni taşkil etadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida keçasi 2–7 daraja iliq bölişi, çöl hududlarining ayrim joylarida esa harorat 2 darajagaça sovişi mumkin. Kunduzi 15–20 daraja iliq böladi.
Janubda havo iliqroq böladi
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida keçasi harorat 7–12 daraja, kunduzi esa 18–23 daraja iliq bölişi kutilmoqda. Şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, yoğingarçilik kuzatilmaydi.
Farğona vodiysida 20 darajagaça iliq
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida ham yoğingarçilik kutilmaydi.
Harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq böladi. Şamol şarqdan 5–10 m/s tezlikda esadi.
Toğli hududlarda keçasi sovuq bölişi mumkin
Respublikaning toğli hududlarida havo özgaruvçan bölib, yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 0–5 daraja iliq, ayrim joylarda 3 darajagaça sovuq, kunduzi esa 12–17 daraja iliq böladi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» 26-oktabr uçun ob-havo ma’lumotlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.