Buxoroda 8 yoşli qizga buzuq harakat qilinişi yuzasidan jinoyat işi qözğatildi

eʼlon qilindi
Holat böyiça tuman prokuraturasi tergov olib bormoqda
zo'ravonlik turlari
Foto: CDN

Buxoro viloyatining Qoraköl tumanida voyaga yetmagan qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilgani yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Holat böyiça tuman prokuraturasi tergov olib bormoqda. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Jinoyat işi qözğatildi

Aniqlanişiça, 2026-yil 23-oktabr kuni Qoraköl tumanida fuqaro Sh.R. tomonidan 2018-yilda tuğilgan qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va jarayon prokuratura nazoratida.

Qizga ijtimoiy va psixologik yordam körsatilmoqda

Qoraköl tumanidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi voyaga yetmagan qizning holatini örganib, unga zarur ijtimoiy va psixologik yordam körsatiş çoralarini körmoqda. Mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi nazoratiga olingan.

Avvalroq Olmazor tumanida voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zöravonlik va tan jarohati yetkazilgani yuzasidan tergovga qadar tekşiruv boşlangandi.

Shuningdek