«Dok-1 Maks» qurbonlari oilalariga 80 mlrd söm kompensatsiya tölandi

«Dok-1 Maks» va «Ambronol» dori vositalari iste’moli oqibatida jabrlangan oilalarga jami 80 mlrd söm kompensatsiya tölandi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lum qildi.
Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça sudining ijro hujjatlariga köra, 90 nafar jabrlanuvçi foydasiga jami 82 mlrd söm kompensatsiya undirilişi belgilangan edi.
Avval kompensatsiyaning 20 foizi tölangan
SSV ma’lumotiga köra, aybdor şaxslarning xatlangan mol-mulkini sotiş jarayoni çözilib ketgani sabab kompensatsiya tölovlari töliq amalga oşirilmagan.
Bugungi kunga qadar dastlab 16,8 mlrd söm, ya’ni belgilangan summaning qariyb 20 foizi tölangan. Qolgan mablağ esa bir neça yil davomida tölanmay kelgan.
Şundan söng Prezident jabrlangan oilalarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni töliq qoplaş işlarini tezlaştiriş böyiça topşiriq bergan.
Budjetdan 65,2 mlrd söm ajratildi
Mazkur topşiriq asosida davlat budjetidan 65,2 mlrd söm ajratilgan. Natijada bugungi kunga qadar 88 nafar jabrlanuvçiga jami 80 mlrd söm kompensatsiya tölangan.
Şundan 72,2 mlrd söm vafot etgan 72 nafar bola oilalariga, 7,8 mlrd söm esa davolangan va hozirda davolanayotgan 16 nafar bola oilalariga berilgan.
Yana ikki oilaga 2 mlrd söm tölanadi
SSV ma’lumotiga köra, bank kartalari bilan boğliq texnik masalalar hal etilgaç, yana ikki nafar bola oila a’zolariga jami 2 mlrd söm kompensatsiya töliq tölab beriladi.
Şu bilan sud hujjatlarida belgilangan 82 mlrd sömlik kompensatsiya tölovlari yakunlanişi kutilmoqda.
Budjet mablaği keyin qaytariladi
Vazirlik qayd etişiça, davlat budjetidan ajratilgan 65,2 mlrd söm aybdor şaxslarning mol-mulkini sotişdan tuşgan va ulardan undirilgan mablağlar hisobidan respublika budjetiga qaytariladi.
Ayni paytda Soğliqni saqlaş vazirligi, tegişli davlat taşkilotlari va tibbiyot markazlari mutaxassislari jabrlangan oilalarning holidan xabar olib, bolalarga zarur qöşimça tibbiy va psixologik yordam körsatiş çoralarini davom ettirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan naşri «Dok-1 Maks» dori vositasidan jabrlangan 85 nafar fuqaro foydasiga sud hujjatlari asosida 78 mlrd söm undirilişi belgilangani haqida yozgan edi.