Özbekiston Iordaniyadagi terrorçilik hujumini qat’iy qoralaydi — TIV

eʼlon qilindi
Yaqin Şarqdagi vaziyat ham muhokama qilindi
Özbekiston Iordaniyadagi terrorçilik hujumini qat’iy qoralaydi — TIV
Foto: Alhurra

Özbekiston Iordaniyaning Karak viloyatida sodir etilgan terrorçilik hujumini qat’iy qoralaydi. Bu haqda Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Boş vaziri örinbosari, taşqi işlar va ekspatriantlar masalalari vaziri Ayman Safadi bilan telefon orqali muloqotda ma’lum qildi.

Saidov suhbat davomida Karak viloyatidagi terrorçilik hujumiga munosabat bildirib, qurbonlarning oilalari va Iordaniya xalqiga hamdardlik izhor etdi.

«Iordaniyaning Karak viloyatida sodir etilgan terrorçilik hujumini Özbekiston qat’iy qoralaşini yana bir bor ta’kidladik. Halok bölganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, şuningdek, Iordaniya xalqiga çuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq soğayib ketişini tiladik», – dedi Saidov.

Yaqin Şarqdagi vaziyat ham muhokama qilindi

Tomonlar Yaqin Şarqdagi vaziyat yuzasidan ham fikr almaşdi.

«Mavjud muammolarni siyosiy va diplomatik yöl bilan hal etiş, mintaqada tinçlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş muhimligini ta’kidladik», – dedi Özbekiston TIV rahbari.

Suhbatda Özbekiston va Iordaniya örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, turizmni rivojlantiriş va bölajak ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ham körib çiqilgan.

Karakdagi hujumda nima bölgan edi

Terrorçilik hujumi 23-oktabr kuni Iordaniyaning Karak viloyati Al-Qasr tumanidagi Hamud qişloğida joylaşgan Avliyo Georgiy yunon pravoslav çerkovida sodir etilgan. Qurollangan şaxslar dafn marosimi vaqtida odamlar tomon öq uzgan.

Iordaniya rasmiylarining 26-oktabrdagi yangilangan ma’lumotiga köra, hujum oqibatida to‘qqiz kişi halok bölgan, 34 kişi jarohatlangan. Dastlabki xabarlarda jarohatlanganlar soni 40 nafar deb körsatilgan edi.

26-oktabr kuni Iordaniya xavfsizlik kuçlari hujumga aloqadorlikda gumon qilingan üç nafar şaxsni qo‘lga oldi. Rasmiylar tergov davom etayotganini ma’lum qilgan.

Associated Press ma’lumotiga köra, qo‘lga olingan üç şaxs Iordaniya fuqarolari bölib, xavfsizlik idoralari ularni ekstremistik qarashlarga ega şaxslar sifatida ta’riflagan, biroq ularning biror taşkiliy terror guruhi bilan aloqasi aniqlanmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Iordaniya Suriyadagi aviazarbada tinç aholi halok bölganini tan olgandi. Amman operatsiya «Islom davlati» jangarilariga qarşi qaratilganini bildirgan.

Shuningdek