Jahon banki Özbekistonga 100 mln dollar qarz ajratadi

Jahon banki Özbekistonda elektr energiyasini taqsimlaş tizimini modernizatsiya qiliş uçun $100 mln qarz ajratişni ma’qulladi. Dastur doirasida mamlakat böylab 60 ta yirik podstansiyani yangilaş va raqamlaştiriş rejalashtirilgan.
«Elektr energiyasini taqsimlaş tizimlarini modernizatsiya qiliş» dasturi Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oşiriladi.
OTB 30-sentabr kuni loyiha uçun $200 mln qarz ajratişni ma’qullagandi. Jahon bankining $100 mln qarzi va Özbekiston Davlat budjetidan ajratiladigan $71 mln bilan birga dasturning umumiy moliyalaştiriş hajmi $371 mlnni taşkil etadi.
60 ta podstansiya modernizatsiya qilinadi
Dastur doirasida mamlakat böylab 60 ta asosiy podstansiyani modernizatsiya qiliş va raqamlaştiriş közda tutilgan.
Loyiha elektr energiyasi yöqotişlarini kamaytiriş, elektr ta’minoti işonçliligini oşiriş hamda qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan olinadigan elektrni tarmoqqa köp miqdorda ulaş imkonini yaratişi kerak.
2031-yilga kelib modernizatsiya qilingan podstansiyalarda yillik elektr energiyasi yöqotişlarini 20 ming MVt/soatga qisqartiriş rejalashtirilgan.
3,3 GVt yashil energiya tarmoqqa ulanadi
Jahon banki ma’lumotiga köra, loyiha kamida 3,3 GVt qayta tiklanuvçi energiya quvvatlarini elektr tarmoğiga integratsiya qiliş imkonini yaratadi.
Şuningdek, har yili qariyb 23 ming tonna karbonat angidrid ekvivalentidagi issiqxona gazlari çiqindilarining atmosferaga çiqişi oldi olinishi kutilmoqda.
Özbekiston 2030-yilga borib qayta tiklanuvçi energiya manbalarining örnatilgan quvvatini 25 GVtga yetkazişni maqsad qilgan.
11,7 mingta yangi iş örni yaratişi kutilmoqda
Jahon bankining hisob-kitobiga köra, modernizatsiya qilingan energetika infratuzilmasi işga tuşirilganidan keyingi beş yil davomida loyiha qariyb 11,7 mingta qöşimça sifatli iş örni yaratişga yordam berişi mumkin.
«Işonçli elektr ta’minoti odamlarning kundalik hayoti va iqtisodiy faoliyati uçun zarur. Bu iş örinlari yaratiş, davlat xizmatlarini körsatiş va iqtisodiy ösiş uçun şaroit yaratadi», – dedi Jahon bankining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Naji Benhasin.
Uning sözlariga köra, zamonaviy va raqamlaştirilgan elektr tarmoği qayta tiklanuvçi energiyani tizimga ulash, korxonalar faoliyatini barqaror saqlaş va millionlab oilalarning elektr ta’minotini yaxşilaşda muhim ahamiyatga ega.
Eskirgan elektr tarmoqlari yangilanadi
Jahon banki Özbekistondagi taqsimlaş tarmoqlarining katta qismi bir neça ön yilliklar avval qurilgani, ayrim podstansiyalar esa ortiqça yuklama bilan işlayotganini qayd etdi.
Bu elektr energiyasi yöqotişlari va ta’minotdagi uzilişlarga olib kelib, uy xöjaliklari, biznes, maktab va tibbiyot muassasalariga ta’sir körsatmoqda.
Dastur «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan amalga oşiriladi. Loyiha kompaniyaning moliyaviy boşqaruvini yaxşilaş, kiberxavfsizlikni kuçaytiriş hamda ekologik va ijtimoiy standartlarga rioya qiliş tizimini rivojlantirişni ham közda tutadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonning jami taşqi qarzi 2026-yilning birinçi yarmida 1,9 mlrd dollarga oşib, 84,1 mlrd dollarga yetgani haqida xabar berilgandi.