Yomğir qorga aylanişi mumkin: noyabr ob-havosi qanday böladi

2026-yil noyabr oyida Özbekistonda havo harorati, asosan, iqlim me’yori atrofida, ayrim hududlarda esa me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori bölişi kutilmoqda. Oy davomida iliq kunlar sovuq havo oqimlari bilan almaşib turişi, ayrim paytlarda yomğir qorga aylanişi mumkin.
«Özgidromet» prognoziga köra, noyabrning birinçi ön kunligida nisbatan iliq ob-havo saqlanadi. Keçalari havo harorati 5–10 daraja iliq, kunduz kunlari esa 17–22 daraja iliq atrofida böladi.
Oy örtalaridan havo soviydi
Noyabrning ikkinçi va uçinçi ön kunliklarida harorat asta-sekin pasayadi.
Keçalari harorat dastlab 3–8 daraja iliq bölib, keyinçalik 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqaça özgarişi mumkin. Kunduzgi harorat esa 15–20 daraja iliqdan 5–10 daraja iliqqaça pasayib boradi.
Ayrim kunlari qor yoğişi mumkin
Noyabr oyining ayrim kunlarida, asosan, yomğir yoğişi kutilmoqda. Harorat keskin pasaygan davrlarda yomğir qisqa muddatga qorga aylanişi ham mumkin.
Toğli hududlarda qor qoplami şakllanişi ehtimoli yuqori böladi.
Yoğingarçilik me’yor atrofida böladi
Prognozga köra, noyabr oyida umumiy yoğingarçilik miqdori asosan me’yor atrofida saqlanadi. Ayrim hududlarda esa yoğingarçilik me’yordan kam bölişi mumkin.
«Özgidromet» noyabr oyida ob-havo tez-tez özgarişi, nisbatan iliq davrlar sovuq havo oqimlari bilan almaşib turişi mumkinligini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hafta davomida biroz yomğir yoğişi haqida xabar berilgandi.