Saudiya neft zavodiga hujumdan keyin «qora oltin» qimmatlaşdi

eʼlon qilindi
Husiylar Saudiya zavodiga zarba berdi
Venesuela neftini AQShga eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Britannica

28-oktabr kuni neft narxlari Saudiya Arabistonidagi yirik neftni qayta işlaş zavodiga hujumdan söng ösişga qaytdi. Brent markali neft fyuçerslari 1,1 foizga qimmatlaşib, bir barreli qariyb $115 ga yetdi.

Bloomberg ma’lumotiga köra, Yamandagi Eronparast husiylar Saudiya Arabistonining eng yirik neftni qayta işlaş zavodiga raketa zarbasi bergan.

Kuniga 550 ming barrel neftni qayta işlaş quvvatiga ega zavod yaqinida yonğin kelib çiqqan. Yonğin nazoratga olingan, biroq yetkazilgan zarar kölami hozirça aniq emas.

Hujum Yaqin Şarqdan neft yetkazib beriş bilan boğliq xavotirlarni kuçaytirdi. WTI markali AQŞ nefti esa 1,7 foizga qimmatlaşib, bir barreli qariyb $102 ga yetdi. Ertalabki savdolarda neft narxining ösişi $2 dan ham oşgan.

Bozor Erondagi vaziyatni ham kuzatmoqda

Neft narxlariga AQŞning Eronga qarşi harbiy zarbalarni qayta boşlaşi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir körsatmoqda.

The Wall Street Journal manbalariga köra, AQŞ Fors körfazidagi ayrim davlatlarni 3-noyabrdagi Kongress oraliq saylovlaridan keyin Eronga qarşi qisqa, ammo intensiv harbiy kampaniya ehtimoliga tayyor turishga çaqirgan.

ING xomashyo bozori strateglarining fikriça, investorlar hozir neft narxiga Yaqin Şarqda yangi keskinlaşuv ehtimolini ham qöşmoqda.

«Neft bozori Trampning Eronga nisbatan keyingi qadami qanday bölişiga aniqlik kiritişini kutayotgan bir paytda qimmatligiça qolmoqda», — deyiladi ING şarhida.

Isroildagi saylovlar ham e’tiborda

Şuningdek, öqing: 78 foiz Rossiya uluşi: Özbekistonda benzin bilan nimalar kutilmoqda

Investorlar Isroildagi parlament saylovlari natijalarini ham kuzatmoqda.

Bloomberg yozishicha, amaldagi boş vazir Binyamin Netanyahu ovoz beriş natijalarida yetakçilik qilmoqda. Biroq uning yangi koalitsiya tuzib, hukumatni saqlab qolişi hozirça noma’lum.

Bozor uçun bu masala AQŞ va Isroilning Eronga nisbatan keyingi siyosatini baholaşda muhim omillardan biri sifatida körilmoqda.

OPEK+ qarori kutilmoqda

Neft bozorining navbatdagi muhim voqealaridan biri 1-noyabr kuni ötkaziladigan OPEK+ yiğilişi böladi.

Reuters manbalariga köra, alyans davlatlari dekabr oyi uçun amaldagi neft qazib oliş rejalarini saqlab qolişi kutilmoqda.

Şuningdek, investorlar AQŞ Energetika axboroti boşqarmasining mamlakatdagi neft zaxiralari haqidagi yangi ma’lumotlarini ham kutmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Brent nefti narxi apreldan beri ilk bor 117 dollardan oşgani haqida xabar berilgandi. Bu apreldan beri eng yuqori körsatkiç bölib, Yaqin Şarqdagi ziddiyat kuçayişi jahon neft yetkazib berişiga doir xavotirlarni oşirmoqda.

Shuningdek