Toşkentda gazdan zaharlaniş oqibatida olti kişi vafot etdi

eʼlon qilindi
Yana ikki nafar fuqaro oğir ahvolda şifoxonaga yotqizildi
a man’s hand in a smoky cloud of hookah in the dark.

Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida is gazidan zaharlaniş oqibatida olti kişi halok böldi, yana ikki nafar fuqaro oğir ahvolda şifoxonaga yotqizildi. Hodisa 25-oktabr kuni quriliş-ta’mirlaş işlari olib borilayotgan xususiy uyda yuz bergan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Isitiş qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan

Dastlabki ma’lumotlarga köra, uyning yertölasiga örnatilgan isitiş qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan. Şuningdek, gaz tarmoğiga belgilangan tartibda tegişli texnik şartlarsiz ulangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116, 257 va 205-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Boş prokuratura fuqarolarni ogohlantirdi

Boş prokuratura fuqarolardan gaz uskunalari va isitiş moslamalaridan foydalanişda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilişni sö‘radi. Şuningdek, gaz uskunalari va isitiş moslamalari malakali mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda örnatilişi, ularning texnik holati esa muntazam tekşirib turilişi kerakligi ta’kidlandi.

Avvalroq Özbekistonning bir qator hududlarida aholi uçun ajratilgan suyultirilgan gazni noqonuniy saqlaş va qimmat narxlarda sotiş holatlari aniqlangandi.

Shuningdek