«Yangi alifbo» klaviaturasi nomida zararli APK tarqatilmoqda — IIV ogohlantiradi

Firibgarlar yangi özbek alifbosi uçun klaviatura ilovasi niqobida zararli APK-fayllarni tarqatmoqda. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti fuqarolarni bunday fayllarni örnatmaslikka çaqirdi.
Şaxsiy ma’lumotlar qölga kiritilişi mumkin
Firibgarlar «Yangi özbekça klaviatura.apk» kabi nomlar ostida soxta ilovalarni, jumladan, şaxsiy xabarlar orqali tarqatişi mumkin. Bunday fayl telefonga örnatilganda pasport ma’lumotlari, plastik karta ma’lumotlari, kontaktlar va SMS-xabarlarga erişiş xavfi mavjud.
Departament noma’lum manbadan yuborilgan APK-fayllarni yuklab olmaslik va ilovalarni faqat Google Play hamda App Store kabi rasmiy dökonlardan örnatişni tavsiya qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilda kiberjinoyatlar oqibatida fuqarolar 1 trln sömdan ortiq mablağ yöqotgan, jabrlanuvçilarga 210 mlrd söm qaytarilgani haqida xabar bergan edi.