AQŞ Federal rezervi asosiy stavkani özgarişsiz qoldirdi: investorlarni nima kutadi

AQŞ Federal rezerv tizimi (FRS) 27–28-oktabrdagi yiğiliş yakunida asosiy foiz stavkasini 3,75–4% oraliğida özgarişsiz qoldirdi. Qaror bozor kutganidek böldi, biroq yuqori inflyatsiya sabab dekabrda stavkani yana oşiriş ehtimoli saqlanib qolmoqda.
Oçiq bozor operatsiyalari böyiça federal qömita stavkani 3,75–4% darajasida saqlaş uçun 10 ta ovoz berdi. Ikki a’zo esa stavkani 0,25 foiz punktga oşiriş tarafdori böldi.
FRS iqtisodiy faollik yuqori sur’atlarda ösayotganini, kapital investitsiyalari katta hajmda qolayotganini va işsizlik darajasi deyarli özgarmaganini qayd etdi.
Şu bilan birga, regulyator inflyatsiya hali ham yuqoriligini ta’kidladi.
«Qoşimça ma’lumotlarning olinishi qömitaga inflyatsiyani öz vaqtida 2 foizlik maqsadga qaytariş uçun pul-kredit siyosatining maqbul yönalişini aniqlashga yordam beradi», — deyiladi FRS bayonotida.
Bozor qarorga sokin munosabat bildirdi
FRS qarori investorlar uçun kutilmagan bölmagani sabab AQŞ fond bozoridagi özgarishlar çeklangan böldi. Qarordan keyin AQŞ aksiyalari qariyb 0,2 foizga ösgan. Dollar indeksi esa 0,2 foizga pasaygan.
Dekabrda stavka oşirilishi mumkin
Bozor iştirakçilari endi FRSning 8–9-dekabrdagi navbatdagi yiğilişiga e’tibor qaratmoqda. Bloomberg ma’lumotiga köra, obligatsiyalar bozori dekabrda stavka 0,25 foiz punktga oşirilishi ehtimolini qariyb 90% deb baholamoqda.
Bunga AQŞdagi inflyatsiyaning yuqori darajada saqlanib qolişi sabab bölmoqda. Sentabrda iste’mol narxlari ösişi so‘nggi beş oydagi eng yuqori sur’atga çiqdi, energiya resurslari esa bir oyda 5,2 foizga qimmatlaşdi.
FRS esa keyingi qarorni qabul qilişdan oldin yangi iqtisodiy ma’lumotlarni kutişini bildirdi. Regulyator iqtisodiyot kuçli ösayotganini qayd etgan bölsa-da, geosiyosiy voqealar sabab noaniqlik yuqori darajada qolayotganini ta’kidladi.
Investorlar nimalarni kuzatadi
Investorlar uçun yaqin kunlardagi asosiy körsatkiçlar inflyatsiya, mehnat bozori va yirik texnologik kompaniyalarning moliyaviy natijalari böladi.
Şuningdek, moliya bozorlari dekabrgaça qançalik keskin qattiqlaşişi ham FRS qaroriga ta’sir qilişi mumkin. Agar yuqori foiz stavkalari, obligatsiyalar daromadliligi va aktivlar narxlaridagi pasayiş iqtisodiyotga sezilarli bosim ötkazsa, regulyator navbatdagi stavka oşirişini keçiktirişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq rezerv tizimi 16-sentabr kungi asosiy foiz stavkaga oid yiğilishda stavkani 0,25 foiz bandga oshirib, yillik 3,75 – 4 foiz oraliğida belgilagandi.