Assaubayeva Sindarov iştirok etayotgan turnirning ikkinçi kunini boşlab berdi

Qozoğistonlik şaxmatçi, blits böyiça uç karra jahon çempioni Bibisora Assaubayeva AQŞning Sent-Luis şahrida Javohir Sindarov iştirok etayotgan Clutch Chess Champions Showdown turnirining ikkinçi kunini boşlab berdi. Bu haqda Sent-Luis şaxmat klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Assaubayevaga musobaqa kunining boşlanişini ramziy ifodalovçi maxsus qönğiroqni çaliş marosimi topşirildi.
«Clutsh Chess Champions Showdown musobaqasining ikkinçi kuni ayollar örtasida blits böyiça uç karra jahon çempioni Bibisora Assaubayevaning tantanali qönğiroqni çalişi bilan boşlandi», — deyiladi taşkilotçilar bayonotida.
Turnirda tört nafar grossmeyster iştirok etmoqda: özbekistonlik Javohir Sindarov, amerikaliklar Hikaru Nakamura va Fabiano Karuana, şuningdek, hindistonlik Rameşbabu Praggnanandhaa.
Musobaqa Clutch tizimi asosida ötkazilmoqda. Unga köra, kunning sönggi partiyalarida qöşimça oçkolar taqdim etiladi. Turnirning umumiy mukofot jamğarmasi 425 ming dollarni taşkil etadi.
Avvalroq musobaqada Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 8,5 oçko bilan turnir jadvalida ikkinçi örinni egallab turgani haqida xabar berilgandi.