Qaysi banklarda avtokreditlar böyiça foiz stavkalari kam

eʼlon qilindi
26-oktabr holatiga köra
Qaysi banklarda avtokreditlar böyiça foiz stavkalari kam
Foto: depositphotos

26-oktabr holatiga köra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning sönggi 10 iş kuni böyiça foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar böyiça örtaça foiz stavkasi 21,4 foizdan 21,6 foizga oşdi. Şundan jismoniy şaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan taşqari) örtaça foiz stavkasi 22,7 foizni, yuridik şaxslar uluşi ham 22,1 foizni körsatmoqda.

Bunda eng past avtokredit stavkasi «BRB» tomonidan taklif qilingan bölib, 18 foizni taşkil etdi. Bungaça eng kam foiz «Aloqabank» (18,3%) tomonidan taklif qilingandi.

Xususan, eng kam foizli avtokreditlar quyidagi banklarda ham kuzatilmoqda:

  • «BRB» – 18%;
  • «Aloqabank» – 18,6%;
  • «Asaka bank» – 18,8%;
  • «Ipoteka-bank» – 19,8%;
  • «Ipak yuli bank» – 21%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:

  • «Anorbank» – 28,5%;
  • «Hamkorbank» – 26,8%;
  • «Davr bank» – 25,3%;
  • «Garant bank» – 24%;
  • «Apexbank» – 23,7%.

Markaziy bank izohiga köra, avtomobil işlab çiqaruvçilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bölişi mumkin. Şuningdek, avtokreditlar böyiça stavkalar avtomobil turi, yoşi, boşlanğiç badal miqdori va boşqa şartlarga qarab farq qiladi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar böyiça örtaça foiz stavkasi 28,3 foizdan 27,9 foizga tuşdi. Şundan jismoniy şaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan taşqari) örtaça foiz stavkasi 22,7 foizni, yuridik şaxslar uluşi ham 22,1 foizni körsatmoqda.

Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «TBC bank» – 41,1%;
  • «AVO bank» – 39,9%;
  • «Uzum bank» – 38%;
  • «Ipak Yuli bank» – 36,1%;
  • «Tenge bank» – 35%.

Eng past mikroqarz foiz stavkasi «Mikrokreditbank» (21,8%) tomonidan taklif qilinmoqda. Bundan avval eng kam foiz stavkasi 21,6% bölib, uni ham «Mikrokreditbank» taklif etgandi.

Bundan taşqari, eng kam foizli mikroqarzlar quyidagi banklarda ham mavjud:

  • «Mikrokreditbank» – 21,9%;
  • «SQB» – 23,8%;
  • «Infinbank» – 24%;
  • «Asakabank» – 24,2%;
  • «Trastbank» – 24,3%.

Eslatib ötamiz, avvalroq aholi mikroqarzni kamroq, boşqa kreditlarni köproq olayotgani xabar qilingandi. Joriy yilning yanvar – iyun oylarida mikroqarzlarsiz aholiga ajratilgan kreditlar ötgan yilning shu davridagiga nisbatan 36,9 foizga ösdi. Çakana savdo aylanmasi esa joriy narxlarda 26,8 foizga köpaygan. Natijada har 100 sömlik çakana savdoga töğri keladigan kredit miqdori 2024-yildagi 15,7 sömdan 2025-yilda 18,4 sömga, bu yil esa 19,8 sömga yetdi.

Shuningdek