Honda Şimoliy Amerikani Xitoy avtomobillariga qarşi birlaşişga çaqirdi

29-oktabr 2026 15:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Honda Şimoliy Amerikani Xitoy avtomobillariga qarşi birlaşişga çaqirdi
Foto: Honda

Honda AQŞ, Kanada va Meksikani Xitoy avtomobil işlab çiqaruvçilarining Şimoliy Amerika bozoriga kirişini çeklaş böyiça siyosatni muvofiqlaştirişga çaqirmoqda. Şu bilan birga, kompaniya Xitoy brendlarining mintaqaga kirib kelişini uzoq muddatda töliq töxtatib bölmasligini tan olmoqda. Bu haqda American Honda’ning korporativ masalalar böyiça katta vitse-prezidenti Jennifer Tomas jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.

«Ularni abadiy çetda uşlab tura olmaymiz»

Tomasga köra, asosiy vazifa Xitoy avtomobillari AQŞ bozoriga keng kirib kelişidan oldin mahalliy işlab çiqaruvçilarning raqobatbardoşligini oşirişdan iborat.

«Biz ularni abadiy çetda uşlab tura olmaymiz», — dedi u.

Honda Xitoy kompaniyalarining arzon va texnologik jihatdan rivojlangan avtomobillar bilan jahon bozorida tez kengayayotganini hisobga olib, Şimoliy Amerikada umumiy siyosat işlab çiqiş zarur deb hisoblamoqda.

Honda USMCA muzokaralaridan foydalanmoqçi

Kompaniya AQŞ, Meksika va Kanada örtasidagi USMCA savdo bitimi böyiça navbatdagi muzokaralarda Xitoy avtomobillari va investitsiyalariga nisbatan yagona çeklovlar işlab çiqilişini istamoqda.

Honda, xususan, kelib çiqiş qoidalarini kuçaytiriş orqali Xitoyda işlab çiqarilgan avtomobillar yoki komponentlarning Kanada va Meksika orqali AQŞ bozoriga kirişini çeklaş mumkinligini ta’kidlamoqda.

«AQŞ buni yolğiz uddalay olmaydi. Şimoldagi va janubdagi qöşnilarimiz, şuningdek, Yaponiya kabi ittifoqçilar bilan hamkorlik qiliş kerak», — dedi Tomas.

Kanada va Meksikaga ham murojaat qilmoqda

Honda Kanadaning yiliga 49 mingtagaça Xitoy avtomobilini import qilişga imkon beruvçi yangi kvotasiga qarşi çiqmoqda. Kompaniya bu limit kengaytirilmasligini va Xitoy avtomobil işlab çiqaruvçilarining mamlakatga investitsiyalari faol rağbatlantirilmasligini istaydi.

Meksikada esa Xitoy avtomobil brendlari allaqaçon sezilarli bozor uluşiga ega. Honda u yerda ham şunga öxşaş pozitsiyani ilgari surmoqda.

Bu Honda uçun muhim, çunki kompaniyaning Kanada va Meksikadagi yirik zavodlari AQŞdagi dilerlik tarmoqlarini ham avtomobillar bilan ta’minlaydi.

Honda özi ham xarajatlarni qisqartirmoqçi

Xitoy kompaniyalari bilan kelajakdagi raqobatga tayyorlaniş uçun Honda içki «Triple Half» dasturini amalga oşirmoqda.

Uning doirasida avtomobil işlab çiqiş muddati, xarajatlar va mehnat hajmini 2025-yil darajasiga nisbatan 50 foizga qisqartiriş rejalaştirilgan.

Honda, şuningdek, Xitoy avtomobillaridagi boğlangan texnologiyalarga nisbatan mavjud çeklovlarni kuçaytiradigan Connected Vehicles Security Act qonun loyihasini qöllab-quvvatlamoqda.

Honda Xitoy avtomobillari baribir kirib kelişini kutmoqda

Tomasning fikriça, uzoq muddatda AQŞ iste’molçilarining özi arzon va yuqori texnologiyali Xitoy avtomobillariga talabni oşirişi mumkin.

Kanada va Meksikada Xitoy avtomobillarini körgan amerikalik xaridorlar nega bunday modellardan AQŞda ham foydalana olmayotgani haqida köproq savol bera boşlaşi mumkin.

«Bu talab quyidan şakllanadi va uni oxir-oqibat töxtatiş juda qiyin böladi», — degan Tomas.

Avvalroq «Kursiv» Honda yölda ketayotganda elektromobilni quvvatlaşi haqida yozgan edi.

Shuningdek