Kapitalbankning «Teng imkoniyatlar» loyihasi EMBRAS 2026 xalqaro mukofotida e’tirof etildi

eʼlon qilindi
Kapitalbankning nogironligi bölgan insonlar uçun moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan “Teng imkoniyatlar” loyihasi Employer Brand Award & Summit (EMBRAS 2026) xalqaro mukofotining “Ezgu işlar” nominatsiyasida kumuş mukofotiga sazovor böldi.

Bu yil EMBRAS xalqaro mukofoti Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston va Isroildan 34 ta kompaniyani birlaştirdi. Unda töqqizta nominatsiya böyiça 73 ta loyiha taqdim etildi. Taşabbuslarni 25 mamlakatdan 29 nafar ekspertni öz içiga olgan mustaqil xalqaro hakamlar hay’ati baholadi. Mukofotlar xodimlarni boşqariş, korporativ madaniyat va ijtimoiy mas’uliyatning turli yönalişlarini qamrab olgan nominatsiyalar böyiça topşirildi.

Xalqaro hakamlar hay’ati Kapitalbankning inklyuziv muhitni yaratişga qaratilgan tizimli yondaşuvini e’tirof etdi. «Teng imkoniyatlar» loyihasi doirasida bankning 2 000 nafardan ortiq xodimi maxsus öquv maşğulotlarida iştirok etgan. Olingan bilim va könikmalar nogironligi bölgan mijozlarga xizmat körsatiş sifatini oşiriş, bank mahsulotlari hamda xizmatlaridan foydalanişni yanada qulay va oson qilişga yordam beradi.

«Uşbu mukofotning xalqaro maydonda qölga kiritilişi Kapitalbankning ijtimoiy taşabbuslari jamiyat uçun haqiqiy foyda keltirayotganining muhim tasdiğidir. Moliyaviy inklyuziyani rivojlantiriş va har bir inson uçun teng imkoniyatlar yaratiş korporativ madaniyatimizning şunçaki muhim qismi emas, balki Özbekistonning inklyuziv kelajagiga qöşayotgan ongli hissamiz hamdir», — dedi «Kapitalbank» ATB Kuzatuv Kengaşi Raisi maslahatçisi Oksana Lindina.

Kapitalbank EMBRAS xalqaro mukofotida ikkinçi bor taqdirlanmoqda. 2025-yilda bank «Innovatsiyalar» nominatsiyasida birinçi örinni egallagan. Öşanda bank xodimlarni öqitiş va kasbiy rivojlantirişga möljallangan Kapital People mobil ilovasini, şuningdek, sun’iy intellekt yordamida öquv kurslarini yaratiş tizimini taqdim etgan edi.

EMBRAS 2026 mukofoti mintaqaning yetakçi kompaniyalari insonlar hayot sifatini yaxşilaşga xizmat qiladigan ijtimoiy loyihalarga alohida e’tibor qaratayotganini yana bir bor körsatdi. Kapitalbankning uşbu yutuği bankning nafaqat moliya sektorida, balki barqaror rivojlaniş va ijtimoiy mas’uliyat sohalarida ham öz örniga ega ekanini ta’kidlaydi.

EMBRAS (Employer Brand Award & Summit) — xodimlarni boşqariş, biznesning ijtimoiy mas’uliyati va korporativ madaniyatni rivojlantiriş sohalaridagi ilğor tajribalarni e’tirof etuvçi HR-brending yönalişidagi xalqaro mukofot.

Shuningdek