Özbekistonda yil boşidan beri 420 ta sel hodisasi sodir böldi

eʼlon qilindi
Sel oqibatida 85 ta xonadon, 208 ta tomorqa va ekin maydoni, şuningdek, 10 ta transport vositasi zarar körgan
4–6-iyul kunlari 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bor
Foto: «Özgidromet»

2026-yil boşidan buyon Özbekistonda jami 420 ta sel hodisasi qayd etildi. Oqibatda 85 ta xonadon, 208 ta tomorqa va ekin maydoni, 10 ta transport vositasi, 13 ta köprik, 26 ta köça va yöl, şuningdek, 3 ta ijtimoiy va boşqa obyekt zarar körgan.

Eng köp sel Namanganda kuzatildi

Hududlar orasida eng köp sel Namangan viloyatida qayd etilgan — 224 ta. Jizzax viloyatida 53 ta, Qaşqadaryo va Surxondaryoda esa 38 tadan sel hodisasi kuzatilgan.

2-may kuni Jizzax viloyatining Yangiobod tumanidagi Balandçaqir qişloğida sel suvlari soyga yönaltirilib, aholi xonadonlariga zarar yetkazmasdan ötkazib yuborilgan. May oyida Farğonada ham sel oqibatlarini bartaraf etişga maxsus xizmatlar va texnikalar jalb qilingan.

Yuz bergan sel hodisalari natijasida jami 844 mln kub metr suv oqib kelgan bölsa, şundan 361 mln kub metri suv omborlarida zaxira qilingan.

Sel xavfini kamaytiriş uchun 41,3 mlrd söm ajratildi

2026-yilda sel xavfini kamaytirish ishlariga 41,3 mlrd söm ajratilgan. Bu mablağ hisobidan 3,5 km kanal va 13 ta suv inşooti ta’mirlanadi, 11,2 km qirğoq esa mustahkamlanadi.

Şuningdek, 17 ta suv omborida avtomatik ogohlantiriş tizimi işga tuşirildi. Yana 16 ta suv omboriga 83 ta seysmik qurilma örnatildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qaşqadaryoda sel Damas’ni oqizib ketgani va bir kişi halok bölgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek