Qozoğiston çegarasida elektron navbat uçun kafolat puli joriy etiladi

2026-yil 9-noyabrdan Qozoğiston–Özbekiston çegarasidagi ayrim ötkaziş punktlarida xalqaro yuk taşuvçilari elektron navbatni bron qiliş uçun 86,5 ming tenge ($190,5) kafolat puli kiritişi kerak böladi.
Qozoğistonning Turkiston viloyati Davlat daromadlari departamenti ma’lumotiga köra, yangi tartib «Qaziğurt», «B. Qönisboyev» va «Atameken» çegara ötkaziş punktlarida joriy etiladi.
Elektron navbat tizimida slotni bron qiliş uçun taşuvçining maxsus elektron hisobvarağida 20 MRP, ya’ni 86,5 ming tenge mablağ bölişi kerak.
Pul vaqtida yetib kelinganda qaytariladi
Agar transport vositasi bron qilingan vaqtda çegara ötkaziş punktiga yetib kelsa, kafolat puli taşuvçiga avtomatik ravişda töliq qaytariladi.
Agar taşuvçi 90 kalendar kun içida ketma-ket ikki marta belgilangan vaqtda çegara punktiga kelmasa, kafolat summasi qaytarilmaydi va davlat budjetiga ötkaziladi.
Maqsad — soxta bronlarni kamaytiriş
Qozoğiston tomoni yangi mexanizm elektron navbatdagi soxta bronlarni, navbat örinlarini noqonuniy sotiş va sun’iy tirbandliklarni kamaytirişga qaratilganini bildirdi.
Özbekiston Transport vazirligi ham milliy yuk taşuvçilariga xalqaro qatnovlarni rejalaştirişda yangi talablarni hisobga oliş, bron şartlariga rioya qiliş va çegara punktiga belgilangan vaqtda yetib borişni tavsiya qildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston – Tojikiston çegarasidan ID-karta bilan ötiş tezlaştirilişi haqida xabar berilgandi. Davlat rahbarining ta’kidlaşiça, ikki davlat örtasidagi savdo va yuk taşiş hajmi oşib borayotgani çegara orqali ötişni soddalaştiriş zaruratini kuçaytirmoqda.