Roğun GESdagi hodisa sababi ma’lum böldi

Tojikistondagi Roğun GES qurilişida yuz bergan hodisaga texnik suvni töplaş rezervuarlaridan birining yorilişi sabab bölgan. Rasmiylar hodisada heç kim tan jarohati olmaganini ma’lum qildi, deya xabar berdi Asiaplus nashri.
Tojikiston Sanoat va konçilik sohasida işlar xavfsizligi ustidan davlat nazorati xizmati ma’lumotiga köra, hodisa 21-oktabr kuni soat 16:15 atrofida GESning törtinçi qavatidagi quriliş tunnelining «B» qismida yuz bergan.
Öşa paytda tunnelda sementlaş işlari olib borilayotgan bölgan. Texnik suvni töplaş uçun möljallangan rezervuarlardan biri yorilgandan söng suv tunnelda işlayotgan işçilar tomon oqib ketgan.
«Hodisa tunnelning çiqiş qismida, 32 va 33-sonli bermalar hududida yuz berdi. U yerda Sino Hydro subpudrat kompaniyasi xodimlari iş olib borayotgan edi», — deyiladi xizmat izohida.
Ikki rezervuardagi suv tunnelga oqib ketgan
Rasmiy ma’lumotlarga köra, tunnelning mazkur qismida suv töplaş uçun ikkita rezervuar mavjud bölgan.
Yuqoridagi rezervuar yorilgandan keyin pastdagi suv çiqariş rezervuari ham zararlangan. Natijada ikkala rezervuardagi suv bir vaqtning özida tunnelning pastki qismiga oqib tuşgan.
Davlat nazorati xizmati hodisa oqibatida işçilarning heç biri jismoniy jarohat olmaganini bildirdi. Ularga birinçi tibbiy yordam körsatilgandan söng ular işga qaytgan.
Voqea sabablarini aniqlash va bunday holatlar takrorlanişining oldini oliş uçun maxsus işçi guruh tuzilgan.
Mutaxassislar suv rezervuarlarining texnik holati, ularning mahkamlanishi hamda ishlab çiqariş obyektlarida xavfsizlik talablariga rioya qilinişini tekşirmoqda.
Joriy yilning dastlabki olti oyida Tojikistondagi sanoat va konçilik korxonalarida 32 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. Ularda 23 kişi halok bölgan, yana 19 kişi jarohatlangan.
Roğun GES Vaxş daryosida, Duşanbedan qariyb 110 km uzoqlikda qurilmoqda. Loyiha yakunlangandan söng stansiyaning örnatilgan quvvati 3 780 MVtni taşkil etişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jahon banki Roğun GES uçun $300 mln grant ajratgani haqida xabar berilgandi. Qaror bank direktorlar kengaşi tomonidan 30-iyun kuni qabul qilingan. Şu tariqa Jahon bankining Roğun loyihasiga ajratgan umumiy qöllab-quvvatlovi $650 mlnga yetdi.