Surxondaryoda ona çaqaloğini hojatxonaga taşladi

eʼlon qilindi
Ayol 3 yilga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilindi
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumanida yangi tuğilgan qiz çaqaloğini hojatxonaga taşlagan ayol 3 yilga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilindi. Kursiv Uzbekistan sud hujjati bilan tanişib çiqdi.

Ayol çaqaloğini hojatxonaga taşlagan

Sud hujjatlariga köra, 1993-yilda tuğilgan D.E. 2024-yil noyabr oyida Şörçi tumanida yaşovçi A.O‘. bilan şar’iy nikoh asosida turmuş qurgan. 2025-yil 25-aprelda ularning qiz farzandi tuğilgan. Öşa yil sentabr oyida ayol ikkinçi farzandiga homilador bölgan.

D.E. 2026-yil 8-iyunda Şörçi tumanidagi yaşaş uyidan Qumqörğon tumanida yaşovçi ota-onasinikiga kelgan. 10-iyun kuni soat 05:00 atrofida u uy orqasidagi hojatxonada qiz farzandini dunyoga keltirgan va çaqaloqni hojatxonaga taşlagan.

Sudda ayol çaqaloq ölik tuğilgan deb öylaganini aytgan. Biroq sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga köra, çaqaloq nafas yöllari najas bilan berkilişi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sababli vafot etgan.

Sud ayolga qanday jazo tayinladi

Sud majlisida D.E. aybiga iqror bölib, qilgan işidan puşaymonligini bildirgan. U qaramoğida voyaga yetmagan farzandi borligi va homiladorligini aytib, yengillik söragan. Çaqaloqning otasi ham ayolga nisbatan da’vosi yöqligini bildirib, suddan unga yengillik berişni söragan.

Sud ayolning aybiga iqrorligi, puşaymonligi, ilgari sudlanmagani, voyaga yetmagan farzandi borligi va homiladorligini jazoni yengillaştiruvçi holatlar sifatida baholagan. Jinoyatni ğaraz va past niyatlarda sodir etganini esa jazoni oğirlaştiruvçi holat deb topgan.

Sud hukmiga köra, D.E. Jinoyat kodeksining 99-moddasi (onaning öz çaqaloğini qasddan öldirişi) bilan aybli deb topilib, 3 yilga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilingan.

Unga yaşaş joyini nazorat qiluvçi organning roziligisiz özgartirmaslik, Surxondaryo viloyatidan çiqmaslik, şuningdek, kafe, bar, restoran va ommaviy tadbirlarga bormaslik kabi çeklovlar belgilangan.

Avvalroq Toshkent shahrida ehtiyotsizlik oqibatida hojatxonaga tushib ketgan 5 yoshli qizaloq FVV qutqaruvchilari tomonidan qutqarilgandi.

Shuningdek