Toşkentliklar yana 10 kun iflos havodan nafas oladi

eʼlon qilindi
Çang va boşqa ifloslantiruvçi moddalar havoga doimiy ravişda çiqariladi
Foto: Telegraph

Toşkentda atmosfera inversiyasi tufayli havo ifloslanişi yuqori darajada saqlanib qolişi mumkin. Yangi prognozlarga köra, noqulay meteorologik şaroit yana 10 kun davom etişi ehtimoli bor.

Nega havo ifloslanişi kuçaymoqda

Çang va boşqa ifloslantiruvçi moddalar havoga doimiy ravişda çiqariladi. Şamol bölmaganda ular tarqalişi qiyinlaşadi, yomğir esa havodagi çang zarralarining bir qismini yuvib tuşiradi.

Şamol va yomğir kuzatilmaydigan davrda ifloslantiruvçi moddalar havoda töplanib boradi. Atmosfera inversiyasi esa havoning vertikal harakatini çeklab, ifloslantiruvçi moddalarning yuqoriga kötarilişi va tarqalişini qiyinlaştiradi.

Kun isigan paytda şamol esib, çang tarqalişi natijasida havo sifati nisbatan yaxşilanişi mumkin. Tongda va keçqurun esa inversiya ta’sirida ifloslantiruvçi moddalar töplanib, havo sifati yomonlaşişi ehtimoli ortadi.

Toşkentda havo sifatini yaxşilaş çoralari körilmoqda

Atmosfera havosi sifatini yaxşilaş maqsadida şahardagi avtomobil yöllariga suv sepiş, issiqxonalarga filtrlar örnatiş, kökalamzorlaştiriş hamda quriliş maydonlarida çang kötarilişining oldini oliş böyiça işlar amalga oşirilmoqda.

Şuningdek, atrof-muhitni ifloslantirayotgan issiqxonalar va sanoat korxonalarida reydlar ötkazilmoqda.

Avvalroq havo yomonlaşişiga antisiklon, şamolning susayişi, yoğingarçilikning yöqligi, tabiiy çang va inson faoliyatidan çiqadigan zararli moddalar ta’sir körsatgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek