Yevropada gaz narxi 2022-yildan keyin ilk bor 100 yevrodan oşdi

Yevropada tabiiy gaz narxi 2022-yildagi energetika inqirozidan beri birinçi marta bir megavatt-soat uçun 100 yevrodan oşdi. Narxlarning kötarilişiga Yaqin Şarqdagi keskinlik, gaz zaxiralarining pastligi va isitiş mavsumida talabning oşişi ta’sir qilmoqda.
Yevropada gaz narxlari uçun asosiy körsatkiç hisoblangan Niderlandiya TTF fyuçerslarining noyabr oyida yetkazib beriladigan kontraktlari savdo davomida 5 foizga qimmatlaşib, bir megavatt-soat uçun 100,75 yevroga yetdi.
Bloomberg ma’lumotiga köra, bu 2022-yil dekabridan buyon qayd etilgan eng yuqori körsatkiç. Buyuk Britaniyadagi gaz kontraktlari ham şu davrdan beri eng yuqori darajaga çiqdi. Fevral oxiridan buyon Yevropada gaz narxi uç baravardan köp oşgan.
Yaqin Şarqdagi vaziyat bozorga bosim qilmoqda
Bozor ishtirokçilari Eron bilan boğliq mojaroning yana keskinlaşişi jahon gaz yetkazib berişiga tösiq yaratishi mumkinligidan xavotirda.
Bunga Yevropadagi gaz zaxiralarining yilning şu davri uçun odatdagidan pastligi va sovuq havoning yaqinlaşişi sabab isitişga talabning oşişi ham qöşilmoqda.
Şunga qaramay, hozirgi narxlar 2022-yildagi energetika inqirozi davridagi rekordlardan ança past. Öşa paytda Niderlandiya gaz fyuçerslari bir megavatt-soat uçun qariyb 345 yevrogaça qimmatlaşgan edi.
Neft narxlari ham oşdi
28-oktabr kuni neft bozori ham ösiş körsatdi. WTI markali neft fyuçerslari 2,8 foizga qimmatlaşib, bir barreli $102,7 ga yetdi. Brent markali neft esa 1,6 foizga oşib, bir barreli qariyb $116 dan savdo qilindi.
Bozor AQŞning Fors körfazidagi ayrim davlatlarni Eronga qarşi qisqa va intensiv harbiy kampaniya ehtimoliga tayyor turishga çaqirgani haqidagi xabarlarga ham e’tibor qaratmoqda.
Şuningdek, öqing: 78 foiz Rossiya uluşi: Özbekistonda benzin bilan nimalar kutilmoqda
«100 yevro — psixologik çegara»
Wood Mackenzie kompaniyasining Yevropa gaz va suyultirilgan tabiiy gaz bozori böyiça direktori Tom Marzek-Manser 100 yevrolik körsatkiç bozor uçun muhim psixologik daraja ekanini ta’kidladi.
«100 yevro, şubhasiz, psixologik çegara. Yaqin Şarqdagi geosiyosiy vaziyat qançalik tez özgarayotganini hisobga olsak, Yevropada gaz narxlarining yanada kötarilişi uçun köp narsa kerak bölmaydi», — dedi u.
Bloomberg hisob-kitobiga köra, Yaqin Şarqdagi mojaro bilan boğliq yetkazib berişdagi uzilişlar Yevropaning qazilma yonilği importi uçun xarajatlarini 100 mlrd yevrodan ortiqqa oşirgan.
Kolumbiya universiteti Global energetika siyosati markazi ilmiy xodimi Ann-Sofi Korbo esa bir vaqtning özida davom etayotgan ikki mojaro xomashyo bozorlariga umumiy bosim ötkazayotganini qayd etdi.
«Bizda ikki uruş davom etmoqda va ularning oqibatlari bir-biriga qöşilib ketdi. Barça xomashyo narxlari oşmoqda va ular bir-birini yuqoriga tortmoqda», — dedi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda gazdan zaharlaniş oqibatida olti kişi vafot etgani xabar qilingandi. Hodisa 25-oktabr kuni quriliş-ta’mirlaş işlari olib borilayotgan xususiy uyda yuz bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, uyning yertölasiga örnatilgan isitiş qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan. Şuningdek, gaz tarmoğiga belgilangan tartibda tegişli texnik şartlarsiz ulangan.