Ilk bor Özbekiston vakili TDT boş kotibi böldi

eʼlon qilindi
Azimov 2026-yil 26-mayda Özbekiston prezidentining qarori bilan taşqi işlar vaziri örinbosari etib tayinlangan
Foto: TDT matbuot xizmati

Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Mirvohid Azimov Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) boş kotibi etib tayinlandi. Tegişli qaror taşkilotning Anqarada bölib ötgan 13-sammiti doirasida Davlat rahbarlari kengaşi tomonidan qabul qilindi. Bu haqda taşkilotning matbuot xizmati xabar berdi.

Özbekiston vakili ilk bor uşbu lavozimni egalladi

Mirvohid Azimov TDT tarixida boş kotib lavozimini egallagan ilk Özbekiston vakili böldi. Azimov 2026-yil 26-mayda Özbekiston prezidentining qarori bilan taşqi işlar vaziri örinbosari etib tayinlangan. Bungaça u Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uçun, Mirvohid Azimov Toşkent şahrida tuğilgan, 46 yoşda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini 2003 yilda xalqaro huquq böyiça bakalavr va magistr darajasi bilan tamomlagan, yuridik fanlari nomzodi. U Taşqi işlar vazirligida 23 yillik mehnat tajribasiga ega. Tört yil davomida Pekindagi Şanxay hamkorlik taşkiloti kotibiyatida işlagan. 2012 yildan 2020 yilgaça Taşqi işlar vazirligining yuridik bölimini boşqargan.

Avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar örtasida Turkiy turizm alyansini taşkil etiş va fuqarolarning ID-karta orqali özaro safar qiliş imkoniyatlarini kengaytirişni taklif qilgandi.

Shuningdek